Mustafaev Alisher Sayfullaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Neft` va gaz kondensati konlarida quduqlarni ishlatishning samarali texnologiyalarini ishlab chiqish», 04.00.13 – Neft` va gaz konlarini o‘zlashtirish hamda ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1929.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Nazirila Nasimxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/05.06.2020.T.03.06.
Rasmiy opponentlar: Agzamov Avaz Xamidillaevich, texnika fanlari doktori, professor; Zakirov Azamjon Alimdjanovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: so‘nggi ishlatish davridagi neftgazkondensat konlarining ishlash samaradorligini va mahsuldor qatlamlardan neft` chiqarib olish darajasini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
har bir quduqqa texnologik rejimda o‘rnatilgan hajmlarda differensiallashgan gaz berishni ta’minlovchi, gaz haydash sistemasiga bosim regulyatorini ulash taklif etilgan gazlift quduqlarini ishlatish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
haydalayotgan gazning qatlamga ketib qolishini bartaraf etish imkonini beruvchi, perforatsiya qilingan nasos kompressor quvurlarining ichki va tashqi bo‘shliqlarini sharlar bilan ajratuvchi gazlift quduqlarini ishlatish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
quvurlar ezilgan quduqlarda izolyasiya ishlarini tushirish-ko‘tarish operatsiyalarisiz bajarish imkonini beruvchi, avval zichligi ortib, keyin esa kamayib boruvchi sement aralashmasini ketma-ket haydash yo‘li bilan suv oqimini izolyasiya qilish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
hosil bo‘lgan suv-neft` emul`siyasini parchalash imkonini beruvchi, xlorid kislotani va eyuvchi natriyni ketma-ket haydashga asoslangan qatlamning quduq tubi atrofiga kislotali ishlov berish texnologiyasi yaratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Neft` va gaz kondensati konlarida quduqlarni ishlatishning samarali texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
quvurlar birikmasida ezilish bo‘lgan quduqlarda suv oqimini berkitish texnologiyasi Muborak NGQOBning O‘rtabuloq gazkondensat konining №42, №217 quduqlarida joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2021 yil 21 sentyabrdagi 03/22-2-2355-son ma’lumotnomasi). Natijada, quduqlarni qayta ishlatishga tushirish va 2015-2018 yillar davomida quduqlar debitini oshirib 98,7 mln.m3 gaz va 86 t qo‘shimcha kondensat qazib olish imkonini bergan;
suvneft` emul`siyasining hosil bo‘lish sharoitida kislotali ishlov berish texnologiyasi Muborak NGQOBning Ko‘kdumaloq neftgazkondensat konidagi №32, №82, №297, №444 quduqlarida joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2021 yil 21 sentyabrdagi 03/22-2-2355-son ma’lumotnomasi). Natijada, quduqlarning debitini oshirishga erishilib, 2014-2018 yillar davomida 7257,6 t qo‘shimcha neft` qazib olish imkonini bergan;
katta quvvatli SNS-630/700 markazdan qochma nasosni nisbatan kichik quvvatli NKV-1000/2000 ga almashtirish bo‘yicha tavsiya Muborak NGQOBning Ko‘kdumaloq neftgazkondensat konida joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2021 yil 21 sentyabrdagi 03/22-2-2355-son ma’lumotnomasi). Natijada, energiya sarfini kamaytirishga erishish va iqtisodiy samara olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish