Niyazmetov Azamat Rahmatjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xinolin alkaloidi dubaminning yangi hosilalarini sintezi», 02.00.03 - Organik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/K256.
Ilmiy rahbar: Aripova Salima Fazilovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: Bozorov Xurshed Abdulloevich, kimyo fanlari doktori; Boboev Baxrom Nurillaevich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xinolin alkaloidi dubamin va uning hosilalari asosida sintezlar olib borish, ularning tuzilishini va fizik-kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor dubaminning elektrofil almashinish reaksiyalari turli xil sharoitlarda o‘rganilgan;
ilk bor aminodubaminning turli xil aromatik al`degidlar, alifatik va aromatik kislotalar bilan reaksiyalari amalga oshirilgan;
xinolin alkaloidi dubaminning 35 ta yangi hosilalari sintez qilingan, ularning tuzilishi fizik-kimyoviy usullar bilan isbotlangan;
bir qator amino almashgan xinolin hosilalarining sitotoksik faolligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
2-Arilxinolin alkaloidi dubamin asosida birikmalar sintezi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ikkita yangi birikmaning: aminodubamin (4) va 2-(4ʹ,5ʹ-metilendioksi-2ʹ-N-geksanamido)-fenil)-xinolin (8f) ning kristall tuzilishlari aniqlangan va Xalqaro Markaziy Kembridj kristallografik strukturalar bazasiga kiritilgan (Cambridge Crystallographic Data Centre 4-SSDS 2043865, 8f - SSDS 2043866). Natijada, bazaga kiritilgan yangi moddalar, o‘xshash birikmalarni sintez qilish va tuzilishlarini o‘rganish imkonini bergan;
O‘simlik moddalari kimyosi instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining №FA-F-6-009 raqamli «Tabiiy birikmalar va ularning sintetik hosilalarining sitotoksik, antibakterial, zamburug‘ga qarshi va antioksidant faolligini o‘rganish» mavzusidagi fundamental grant hisobotlarida dubamin hosilalarini turli saraton hujayralariga qarshi faolligidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 23 iyun 4/1255-1827-son ma’lumotnomasi). Natijada, normal teri hujayralariga nisbatan kam zaxarli va sitotoksik faollikga ega bo‘lgan moddalar topish imkonini bergan.