Kallibekova Gulnara Palbekovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qoraqalpog‘iston tarmoq gazetalarining tili va uslubiy xususiyatlari», 10.00.03 – Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil548.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Orazimbetova Zlixa Qdirbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ibragimov Yuldash Matkarimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Dilanov Bekmurza Gulimbetovich, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Tarmoq gazetalari tilining leksik, morfologik va sintaktik xususiyatlari, publisistik uslubning o‘ziga xosliklari, gazeta tilida jurnalist va soha xodimlarining adabiy tildan foydalanish darajasini gazeta materiallari asosida ochib berishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:    
tarmoq gazetalarida ashiq (ashiq sud, ashiq dao‘is, ashiq esikler kүni), jaңa (jaңa Өzbekstan, jaңa Moynaq), kәro‘an (kitaplar kәro‘ani, әdebiyat kәro‘ani), ayliq (pәnler aylig‘i, jaslar aylig‘i) kabi so‘zlar ma’nolarining kengayish holati va gazeta tiliga xos qo‘llanilishi asoslab berilgan;  
publisistik uslub orqali tilimizga kirib kelgan yangi so‘z va leksik birliklarning, eng avvalo, axboriy janrlar tarkibidagi rasmiy xabar janridagi (jol kartasi, Nөkis siti, Moynaq Ralli, milliy gvardiya, bes baslama, jasil aymaq, qarabayir atlari sheberlik mektebi, Ippologiya ilimiy-izertleo‘ instituti, zamanagөy besgүres hәm polo) materiallarda qo‘llanishi va shu orqali funksional uslublarga o‘tishi isbotlangan;
gazeta janrlarida so‘z yasovchi affikslar (ot: -shi/ -shi; -las/-les, sifat: -li/-li; -siz/-siz, ravish: -lay/-ley) va affiksoidlarning (-xana, -nama) qo‘llanilish doirasining kengayishi natijasida yangi so‘zlarning yasalishi va shu orqali adabiy tilimizning leksik fondi boyitilishi dalillangan;
tarmoq gazetalari materiallari sarlavhalarida, lid matnlarida darak, so‘roq, buyruq, undov gaplar, inversiya hodisasidan foydalanishda gazeta shtamplari, klishelari sifatida kasb-korni va tarmoqlarni faol qo‘llanilish jarayoni aniqlashtirilib, ularning emotsional va ekspressivlikni ta’minlashdagi yangi zamonaviy jihatlarining mavjudligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston tarmoq gazetalari tili va uslubini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qoraqalpoq tilining lug‘abiy boyligini kengaytirishda, sohaga oid yangi so‘zlar, internatsional so‘zlar, rus va ingliz tilidagi so‘zlarning kelib kirishi va qo‘llanishi singari masalalarni aniqlash bo‘yicha bildirilgan xulosalardan O‘zR FA QB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-G003 raqamli «Hozirgi qoraqalpoq tilada funksional so‘z yasalishi» mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zR FA QB QGFITIning 2021 yil 12 martdagi 47a/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, gazeta tili va uslubiy xususiyatlarining qoraqalpoq tilidagi so‘z yasalishi sohasiga bog‘liq tomonlarini aniqlashga erishilgan;
tarmoq gazetalarida so‘z ma’nolarining kengayishi holati, xususan, ashiq (ashiq sud, ashiq dao‘is, ashiq esikler kүni), jaңa (jaңa Өzbekstan, jaңa Moynaq), kәro‘an (kitaplar kәro‘ani, әdebiyat kәro‘ani), ayliq (pәnler aylig‘i, jaslar aylig‘i) va hokazo so‘zlarning ma’nolarining kengayishi va gazeta tiliga xos qo‘llanilishiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan yosh jurnalistlar uchun maxsus tashkil etilgan seminarlarda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 15 sentyabrdagi 53-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh jurnalistlar gazeta tilining standartligi va emotsional-ekspressivlikni ta’minlashdagi xizmatlariga oid bilim, ko‘nikma va tajribaga ega bo‘lib, ularning mahoratini, nutq madaniyatini oshirishiga erishilgan;
gazeta tili, uslubi va boshqa media matnlariga doir materiallardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining amaliy faoliyatida foydalanilgan. Asosan, «To‘rtinchi hokimiyat», «Yoshlar uchun», «Tilga e’tibor – elga e’tibor» eshittirishlarini tayyorlashda keng ko‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2021 yil 22 sentyabrdagi 01-02/443-son ma’lumotnomasi). Natijada, radioeshittirishlarda muntazam qo‘llanilayotgan iqtisodiyot, ta’lim, adabiyot, pedagogika, tibbiyot, huquqshunoslik, madaniyat, sport va ichki ishlar tizimi sohalariga tegishli terminlarga izoh va ularni to‘g‘ri qo‘llash uchun tavsiyalar berilgan;
adabiy tilning rivojlanishida publisistik uslubning o‘rni va u orqali tilimizga kirgan yangi so‘z va leksik birliklarning, eng avvalo,   rasmiy xabar janridagi materiallarda qo‘llanishi haqidagi ilmiy tahlillardan   va   daliliy   xulosalardan Qoraqalpog‘iston Axborot agentligi faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Axborot agentligining 2021 yil 12 fevraldagi 01-025-son ma’lumotnomasi). Natijada,  savodxonlikni oshirishda tarmoq gazetalari tilining leksik, morfologik, grammatik, orfografik talablarga asoslanish zarurligi haqidagi tahlillar neologizm, sohaga doir yangi atama, terminlar, leksik birliklardan to‘g‘ri foydalanish va adabiy til qoidalariga amal qilishi uchun manba sifatida xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish