Xudoykulova Shaxlo Mamaniyozovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari metodik tayyorgarligining kvalimetrik diagnostikasi (tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi misolida)”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped813.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Tolipova Jamila Olimjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06 kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mahmudova Muyassar Mahmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Elmuratova Dilrabo Muxammatovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich cinf o‘qituvchilarining ilmiy-metodik tayyorgarligi darajasini orttirishda kvalimetrik diagnostikaning metodik va didaktik ta’minotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari metodik tayyorgarligining kvalimetrik diagnostikasi mazmuni o‘qitish vositalari (didaktik va tarqatma materiallar, kouching so‘rovnomasi, superviziya ko‘rsatmalari), metodlari (produktiv, muammoli, mantiqiy) va texnologiyalaridan (refleksiv, vitagen, hamkorlikda ishlash) foydalanish natijalarini integratsiyalash bosqichlarini aniqlashtirish asosida ochib berilgan;
kvalimetrik diagnostikaning mantiqiy (induktiv va deduktiv) yo‘nalishlari tarkibi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablarni (gnoseologik, loyihalash, kommunikativ, konstruktiv, tashkilotchilik) guruhlashtirish (minimal va maksimal) asosida belgilangan;
metodik tayyorgarlikning kvalimetrik diagnostikasi modeli kasbiy-pedagogik kompetentlikning tarkibiy qismlarini (ilmiy-nazariy, pedagogik-psixologik va metodik tayyorgarlik) baholash va ular darajasini oshirish bosqichlarini (o‘quv mazmuni, o‘qitish texnologiyalari, mustaqil ta’lim, pedagogik amaliyot, bitiruv malakaviy ish) kiritish asosida shakllantirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashning ilmiy-metodik jarayonlari nostandart test shakllari, xususiyatlari va xossalarini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Tabiatshunoslik  va uni o‘qitish metodikasi” misolida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari metodik tayyorgarligining kvalimetrik diagnostikasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari metodik tayyorgarligining kvalimetrik diagnostikasi mazmuni, o‘qitish vositalari (didaktik va tarqatma materiallar, kouching so‘rovnomasi, superviziya ko‘rsatmalari), metodlari (produktiv, muammoli, mantiqiy) va texnologiyalaridan (refleksiv, vitagen, hamkorlikda ishlash) foydalanish natijalarini integratsiyalash bosqichlariga oid taklif va tavsiyalardan 5111700-Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishining malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekicton Recpublikaci Oliy va o‘rta maxcuc ta’lim vazirligining 2020 yil 18 dekabrdagi 89-03-5344-con ma’lumotnomaci). Natijada pedagogik oliy ta’lim muassasalarining Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishi o‘quv mazmunini takomillashtirish, o‘qitish jarayonlarini tashkil etish va baholash imkoniyati kengaytirilgan;
kvalimetrik diagnostikaning mantiqiy (induktiv va deduktiv) yo‘nalishlari tarkibi, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablarni (gnoseologik, loyihalash, kommunikativ, konstruktiv, tashkilotchilik) guruhlashtirish (minimal va maksimal), bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashning ilmiy-metodik jarayonlari, nostandart test shakllari, xususiyatlari va xossalariga ko‘ra ishlab chiqish hamda foydalanishga oid takliflardan 5111700-Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan “Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi” fani mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekicton Recpublikaci Oliy va o‘rta maxcuc ta’lim vazirligining 2020 yil 18 dekabrdagi 89-03-5344-con ma’lumotnomaci). Mazkur yondashuv “Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikaci” fanidan talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan mezonlarni belgilash, nostandart test texnologiyalarni keng joriy etish va baholashni izchilligini ta’minlashga xizmat qilgan;
metodik tayyorgarlikning kvalimetrik diagnostikasi modeli, kasbiy-pedagogik kompetentlikning tarkibiy qismlarini (ilmiy-nazariy, pedagogik-psixologik va metodik tayyorgarlik) baholash va ular darajasini oshirish bosqichlari (o‘quv mazmuni, o‘qitish texnologiyalari, mustaqil ta’lim, pedagogik amaliyot, bitiruv malakaviy ish)ga oid tavsiyalardan 2015-2017 yillarda bajarilgan A-1-23 raqamli «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun fanlardan mul`timediali dars ishlanmalari majmuasini yaratish» mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekicton Recpublikaci Oliy va o‘rta maxcuc ta’lim vazirligining 2021 yil 23 fevraldagi 89-03-1041-con ma’lumotnomaci). Mazkur loyiha doirasida o‘qituvchilarda informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish layoqatini shakllantirilganlik darajasini aniqlash imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish