Maxmudova Oybarchin Axatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Discertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatish metodikasini takomillashtirish», 13.00.08 - Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped 872.
Ilmiy rahbar: Mamarajabova Zulfiya Narbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha  ta’lim  tashkilotlari  direktor  va  mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: Boymetov Botir Boltaboevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Djanpeisova Gauxar Erkinovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha katta yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatish metodikasini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tasviriy faoliyatga o‘rgatishda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan talablar va “San’at” markazidagi ta’limiy faoliyat maktabgacha katta yoshdagi bolalarni kelajakdagi ish konsepsiyasini aniqlash qobiliyati, tasviriy va ekspressiv vositalar, texnik xarakterdagi ko‘nikmalar “qo‘lda ishlash mahorati”, o‘zining taassurotlarini ifoda etuvchi (Art coachung) majmuaviy  yondashuvlar asosida takomillashtirilgan; 
maktabgacha katta yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatishni ta’minlaydigan motivatsion-maqsadli, loyihalashtiruvchi hamda tashxislash kabi shart-sharoitlar orqali sub’ektlariga qaratilgan “sub’ekt–pedagogik tasviriy muhit–sub’ekt” mantig‘i kabi elementlar aniqlashtirilib, “Ilk qadam” o‘quv dasturi asosidagi ta’limiy tasviriy faoliyatning pedagogik modeli ishlab chiqilgan; 
maktabgacha katta yoshdagi bolalarni tasviriy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatadigan rasm chizishga o‘rgatish, loy, plastilin, hamda innovatsion chinni xamir bilan ishlashning buyumlarning hajmi, shakli, tuzilishi va nisbati bilan tanishishida qo‘l harakati va ko‘zning aniqligini rivojlantiruvchi, konstruktiv qobiliyatni shakllantiruvchi, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish metodikalari asosida tashkil etishga yo‘naltirilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan;
tariyalanuvchilarning rasm chizish, loy, plastilin, chinni xamir bilan ishlash to‘g‘risidagi tasavvurlarini shakllantirishda “6 ta doira”, “Uychani oxirigacha chiz”, “Odam yuzining ikkinchi yarmini chiz”, “Qizcha yuzini chiz”, “Ko‘zacha yasa”, “Odam shaklini yasa”, “Mashina yasa” kabi metodikalarni joriy etish orqali maktabgacha katta yoshdagi bolalarning tasviriy imkoniyatlarini shakllanganlik darajasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatish metodikasini takomillashtirish natijalari:
maktabgacha katta yoshdagi bolalarni rasm chizishga o‘rgatish, loy, plastilin bilan ishlash chinni xamir bilan ishlash, ilmiy-metodik tavsiyalar maktabgacha  yoshidagi bolalarga tasviriy faoliyat metodikasini o‘rgatishda “Maktabgacha ta’lim tizimida plastik materiallar bilan ishlash texnologiyalari” (NISO POLIGRAF, –Toshkent:, 2019 y. –120 b.), “Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni rasm chizishga o‘rgatish metodikasi” (NISO POLIGRAF, –Toshkent: 2019 y. –152 bet.) nomli o‘quv qo‘llanmalari ishlab chiqilgan, mazkur tavsiyalar Samarqand, Guliston, Namangan, Toshkent shaharlari hamda Samarqand viloyati Payshanba shaharchasidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari amaliyotiga joriy etilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 02-02/2-608-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha katta yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyat metodikasini qo‘llash ta’lim samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilgan;
tasviriy faoliyatga o‘rgatishda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturiga asoslangan “San’at” markazidagi ta’limiy faoliyati (Art coachung) majmuaviy  yondashuvlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligining 11-q-q/1-q-q qarori bilan tasdiqlangan, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2018 yil 16 fevraldagi 6/1-son yig‘ilishida ma’qullangan Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi XTXQTMOHM Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarini kasbiy qayta tayyorlash yo‘nalishi uchun «Tasviriy faoliyatga o‘rgatish metodikasi» kursining 3.5-modulini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’lim vazirligi Toshkent shahar XTXQTMOHMning 2021 yil 26 noyabrdagi 01-01/02-6-189-son ma’lumotnomasi). Natijada, tasviriy faoliyatning nazariy asoslari, amaliy kompetensiya mahoratiga ega pedagog-tarbiyachilar tayyorlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish