Kusanova O‘g‘iloy Madiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Eklektik yondashuv umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10–11-sinflarida ta’lim sifatini oshiruvchi vosita sifatida (ingliz tili misolida)» 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2472.
Ilmiy rahbar: Mahkamova Gulnara Turdaxunovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Layloxon Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Misirov Soxibjon Abdupattaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinflarida ta’lim sifatini oshirish uchun eklektik yondashuvdan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim-tarbiya jarayonida eklektik yondashuvdan foydalanish  didaktik salohiyatni texnologik yondashuv va pedagogik injeneriya bilan aloqasi, kognitiv-kommunikativ faoliyatni amalga oshiruvchi adekvat operatsiyalar va maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar algoritmlarini ta’lim paradigmalariga moslashtirish asosida aniqlangan;
o‘quv-tarbiya jarayonida eklektik yondashuv texnologiyalari intellektual rivojlanish, kognitiv-ijodiy faoliyat, ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirish, amaliy kurs topshiriqlari, matn yaratishning didaktik imkoniyatlarini o‘quvchilarning shaxsiy-intellektual imkoniyatlari asosida takomillashtirilgan;
10–11-sinflarida ta’lim sifatini oshirishga eklektik yondashuv modeli morfologik, lug‘aviy va sintaktik tushunchalar, chat texnolologiyalari, til mashqlari, neyrolingvistik dasturlash elementlari, janrni o‘rgatish, yozish-protsessual usullarini bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirilgan;
10-11-sinflarda ingliz tili o‘qitish vositalaridan samarali foydalanish texnologiyalari o‘quvchilarning bilim va ijodiy faoliyatini umumlashtirish, o‘quv materiallarini diagnostik loyihalash, insert usuli va riyokor yondashuvlarni eklektik modellarga faoliyatli-motivatsion moslashtirish asosida  takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Eklektik yondashuv umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10–11-sinflarida ta’lim sifatini oshiruvchi vosita sifatida mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik, amaliy taklif va tavsiyalar asosida:
ta’lim-tarbiya jarayonida eklektik yondashuvdan foydalanish  didaktik salohiyatni texnologik yondashuv va pedagogik injeneriya bilan aloqasi, kognitiv-kommunikativ faoliyatni amalga oshiruvchi adekvat operatsiyalar va maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar algoritmlarini ta’lim paradigmalariga moslashtirish asosida aniqlash bo‘yicha takliflardan A-1-197 raqamli “Ingliz va nemis tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy modullarni takomillashtirish va ulardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari” grantini amalga oshirishni ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 10 sentyabrdagi 02-07-2269/04-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchilarning tahliliy-loyihalashtirish ko‘nikma va malakalari oshirildi, bu esa o‘quv materiallari sifatining oshishiga olib kelgan; 
o‘quv-tarbiya jarayonida eklektik yondashuv texnologiyalari intellektual rivojlanish, kognitiv-ijodiy faoliyat, ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirish, amaliy kurs topshiriqlari, matn yaratishning didaktik imkoniyatlarini o‘quvchilarning shaxsiy-intellektual imkoniyatlari asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar MF-1-115 raqamli “O‘quvchilarning mashg‘ulotlarda kreativ fikrlashini rivojlantirish metodikasi” grantini amalga oshirishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 10 sentyabrdagi 02-07-2269/04-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori sinflar o‘quvchilarida chet tilini bilish darajasi oshdi va tanqidiy fikrlash shakllangan;
10–11-sinflarida ta’lim sifatini oshirishga eklektik yondashuv modeli morfologik, lug‘aviy va sintaktik tushunchalar, chat texnolologiyalari, til mashqlari, neyrolingvistik dasturlash elementlari, janrni o‘rgatish, yozish-protsessual usullarini bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” grantini amalga oshirish foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 10 sentyabrdagi 02-07-2269/04-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchilarda umumta’lim maktablarining 10-11-sinflari o‘quvchilarining chet tili ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi mavjud muammolarni tahlil qilish va baholash bo‘yicha refleksiv kompetensiya shakllangan;
10-11-sinflarda ingliz tili o‘qitish vositalaridan samarali foydalanish texnologiyalari o‘quvchilarning bilim va ijodiy faoliyatini umumlashtirish, o‘quv materiallarini diagnostik loyihalash, insert usuli va riyokor yondashuvlarni eklektik modellarga faoliyatli-motivatsion moslashtirish asosida  takomillashtirish yuzasidan berilgan tavsiyalardan A-1-197 raqamli "Ingliz va nemis tillarini o‘rganish uchun o‘quv-uslubiy modullarni takomillashtirish va ulardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari" grantini amalna oshirishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 10 sentyabrdagi 02-07-2269/04-son ma’lumotnomasi). Natijada chet tili ta’limi sifatini va chet tili o‘qituvchilarining innovatsion faoliyatini oshirishda texnologik yondashuv, pedagogik muhandislik va eklektizm g‘oyalari salohiyatini o‘rganish usullari belgilab olingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish