Davronova Shaxlo Farmonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ta’lim sifatini ta’minlashda elektron resurslardan foydalanish metodikasini takomillashtirish», 13.00.06 - Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3 PhD/Ped607. 
Ilmiy rahbar: Begimkulov Uzokboy Shoimkulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Bulatov Saidaxbor, pedagogika fanlari doktori, professor; Beknazarova Saida Safibullaevna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim sifatini ta’minlashda elektron resurslardan foydalalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektron resurslardan foydalanish metodikasi an’anaviy ta’limni tashkil etish, elektron ta’lim orqali o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish, individual ehtiyojlar asosida o‘qitishga doir mashg‘ulotlarning adaptivlik darajasini nazariy va amaliy bilimlarning milliy xususiyatlariga bosqichma-bosqich moslashtirish borish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning bilim sifati elektron ta’lim resurslarining an’anaviy o‘qitish vositalari bilan birlashuvining didaktik maqsadga muvofiqligi masofaviy ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar orqali ishlash algoritmi bilan moslashtirish, ta’limning imitatsion-variativlik va vizual-amaliy yo‘nalganlik imkoniyatlariga dinamik ustuvorlik berish asosida aniqlangan; 
elektron resurslardan foydalanish modeli virtual ta’lim muhitini yaratish, o‘quv jarayonini individuallashtirish, ta’lim texnologiyalarining didaktik imkoniyatlarini hisobga olish, o‘quv-metodik hamda mezonli-baholovchi bloklarni doimiy va vaqtincha mikromuhit sharoitiga  qadriyatli moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
elektron ta’lim resrurslaridan foydalanish texnologiyalari talabalarning fan bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirishi, tushunchalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni anglashi, raqamli faoliyat operatsiyalarini bilishi, yangi materialni o‘zlashtirishda mediaresurslardan foydalanish imkoniyatlarining  refleksivligi kasbiy adekvatligini aniqlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim sifatini ta’minlashda elektron resurslardan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik, amaliy taklif va tavsiyalar asosida: 
elektron resurslardan foydalanish metodikasi an’anaviy ta’limni tashkil etish, elektron ta’lim orqali o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish, individual ehtiyojlar asosida o‘qitishga doir mashg‘ulotlarning adaptivlik darajasini nazariy va amaliy bilimlarning milliy xususiyatlariga bosqichma-bosqich moslashtirish borish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 avgustdagi 89-02-214-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qildi; 
talabalarning bilim sifati elektron ta’lim resurslarining an’anaviy o‘qitish vositalari bilan birlashuvining didaktik maqsadga muvofiqligi masofaviy ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar orqali ishlash algoritmi bilan moslashtirish, ta’limning imitatsion-variativlik va vizual-amaliy yo‘nalganlik imkoniyatlariga dinamik ustuvorlik berish asosida aniqlashga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 avgustdagi 89-02-214-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda elektron ta’lim resurslaridan  foydalanish ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirishga, mustaqil ijodiy qobiliyatini shakllantirishga va mustaqil ta’limini samarali tashkil qilishga imkoniyat yaratilgan;
elektron resurslardan foydalanish modeli virtual ta’lim muhitini yaratish, o‘quv jarayonini individuallashtirish, ta’lim texnologiyalarining didaktik imkoniyatlarini hisobga olish, o‘quv-metodik hamda mezonli-baholovchi bloklarni doimiy va vaqtincha mikromuhit sharoitiga  qadriyatli moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar «AIF 2/20-Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash» mavzusidagi xalqaro grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 21 avgustdagi 89-03-2906-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar OTM uchun o‘qitish mazmunini takomillashtirishga xizmat qildi.
elektron ta’lim resrurslaridan foydalanish texnologiyalari talabalarning fan bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirishi, tushunchalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni anglashi, raqamli faoliyat operatsiyalarini bilishi, yangi materialni o‘zlashtirishda mediaresurslardan foydalanish imkoniyatlarining  refleksivligi kasbiy adekvatligini aniqlash orqali takomillashtirishga oid takliflar «AIF 2/20-Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash» mavzusidagi xalqaro grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 21 avgustdagi 89-03-2906-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim sifatini ta’minlashda elektron resurslardan foydalanish metodikasini takomillashtirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish