Maxmudov Umedullo Akmaliddin o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Temuriylar davri munshaotnavisligida matn tuzish an’anasi (Abdulloh Marvorid to‘plami misolida)”, 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil531.
Ilmiy rahbar: Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01. 
Rasmiy opponentlar: Yusupova Dilnavoz Rahmonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Olimov Sultonmurod Hoshimovich, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abdulloh Marvorid “Munshaot”ining temuriylar davri davlatchilik tarixi, adabiyoti, san’ati va ijtimoiy-siyosiy muhitida tutgan o‘rnini aniqlash, bu davrda faoliyat yuritgan davlat arboblarining faoliyati bilan bog‘liq farmon va maktublarni tekshirish, ushbu asardan o‘rin olgan maktublar, farmon va hujjatlar orqali inshoning nasr turi sifatidagi o‘rni va o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adabiyotshunoslikda, xususan, sharq adabiyotida insho san’atining o‘zbek adabiyoti tarixi, manbashunoslikda tutgan o‘rni va maktub yozish an’analarining shakllanishi, uning matnshunoslik sohasidagi amaliy ahamiyati ochib berilib, inshoning arab, fors, turkiy adabiyotda insho san’ati kabi taraqqiyot bosqichlari dalillangan; 
inshoning do‘stona, devon maktublari hamda sulton maktub va hujjatlari kabi turlari aniqlangan va Temuriylar davridagi epistolyar janr rivoji haqidagi muhim ma’lumotlar, temuriylar davrida yashagan hattotlar va dabirlar faoliyati va shaxsiyati tekshirilib, ilm-fan va san’atning Samarqand va Hirot maktablari va ularning munshaotnavislikda tutgan ahamiyati ochib berilgan;
to‘plamning ilmiy-badiiy xususiyatlari va Abdulloh Marvoridning to‘plam tuzishdagi yondashuvi, xususan, farmon va maktublarni ketma ketlikda tizimlashtirilgan holda joylashtirishi, ularni to‘plamga kiritishda uslubi, to‘plamdan o‘rin olgan Alisher Navoiyning forsiy maktublari matni tekshirilgan va ulardagi o‘sha davr adabiy muhitiga oid yangi ma’lumotlar iste’molga kiritilgan;
“Munshaoti Abdulloh Marvorid” to‘plamidan o‘rin olgan maktublar, farmon va hujjatlar birinchi marta insho turlari va ko‘rinishlari bo‘yicha aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temuriylar davri munshaotnavisligida matn tuzish an’anasi (Abdulloh Marvorid to‘plami misolida)  tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
XIV-XV asrlar birinchi yarmi mumtoz o‘zbek adabiyotida ijtimoiy hodisalarning badiiy ifodasi, janrlarning mavzu ko‘lami, adabiyot va milliy o‘zlikni anglash masalalarini Hirot adabiy muhiti namoyandalari ijodi misolida dalillanganligi, Abdulloh Marvorid “Munshaot”ining g‘oyaviy-badiiy mundarijasi, badiiy-estetik asoslarini tematik rangbarangligi, originallik masalalari aspektida mumtoz nasr rivojiga ko‘rsatgan ijobiy ta’siri davr adabiy mezonlari zamirida asoslangani,  Abdulloh Marvorid bilan birgalikda bir adabiy muhit doirasida ijod qilgan shoirlar, munshiylarning, milliy adabiyot vakillarining va qardosh xalqlar adabiyoti yirik namoyandalari an’analarining badiiy takomilini janriy, g‘oyaviy-badiiy jihatdan ochib berishga doir  ilmiy-nazariy xulosalaridan FA-F1-OO5 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 20 oktyabrdagi 17.01/185-son ma’lumotnomasi). Natijada Temuriylar davrida munshaotnavislik an’anasi va munshaot to‘plamlarining adabiyot tarixida tutgan o‘rni va ahamiyati hamda ularning qo‘lyozma manbalari bilan bog‘liq ma’lumotlarga oydinlik kiritilgan;
Sharq adabiyotida epistolyar janr genezisi va taraqqiyot bosqichlarini davr nuqtai nazaridan tahlili, Abdulloh Marvorid hayoti va ijodiy faoliyatini davr adabiy manbalariga asoslanib yoritish hamda uning munshaotidan o‘rin olgan maktub va yozishmalar, XV asr temuriylar davri matn tuzish an’anasi, Abdulloh Marvoridning “Munshaot” to‘plami hamda temuriylar davrida yaratilgan munshaotlarning Sharq insho san’ati taraqqiyotidagi o‘rni, Abdulloh Marvoridning munshaotnavislik ilmiga qo‘shgan hissasiga doir ilmiy xulosalardan “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7 jild) chop etish” (2017-2020 y) mavzusidagi OT-F1-030 raqamli fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 20 noyabrdagi 04/1-2245/1-son ma’lumotnomasi). Natijada Temuriylar davrida yozma madaniyat va xat xususidagi ma’lumotlar, Hirot adabiy muhitida Abdulloh Marvoridning tutgan o‘rni va uning ilmiy hamda ijodiy faoliyati bilan bog‘liq yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan;
epistolyar janrning paydo bo‘lishi tarixi va uning taraqqiyot bosqichlari, epistolyar janrning sharq adabiyotidagi o‘rni va ahamiyati, munshaot janri va uning temuriylar davridagi taraqqiyoti, Abdulloh Marvorid va uning temuriylar davri adabiyotida tutgan o‘rni, “Munshaoti Abdulloh Marvorid” to‘plamida Alisher Navoiy hayoti va faoliyatiga oid farmon va maktublar, maktublarning shakli va mazmuniga doir ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanalining “Studiya 24” ko‘rsatuvi hamda “O‘zbekiston” telekanalining “Oydin hayot Live” kabi ko‘rsatuvlarning ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2021 yil 18 avgustdagi 02-14-1323-son ma’lumotnomasi). Natijada Temuriylar davrida yaratilgan munshaot to‘plamlarining o‘zbek va turkiy xalqlar adabiyotida tutgan o‘rni va Alisher Navoiyning forsiy maktublariga oid  ma’lumotlarga aniqlik kiritilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish