Yusupova Dildora Zuxridinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuzning operatsiyadan keyingi chandiqlar profilaktikasi va davolash», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1261.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Sharif Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzakulova Ulmeken Raximovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Kozogiston Respublikasi); Amanullaev Rustam Azimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Stomatologiya va yuz-jag jarroxligi markaziy ilmiy tekshirish instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yuzning operatsiyadan keyingi jaroxatlarni bitish jarayonini muqobillashtirishda redermalizatsiyalovchi terapiyani qo‘llash samaradorligini baholashdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tajribadagi eksperemental birlamchi jarroxlik jaroxatida suksinat natriyni yangi xosil bulgan chandiklarni morfologik tuzilishiga va reseptorlarning suksinatli spektorlariga ijobiy ta’siri isbotlangan;
chandiqlarni shakllanishi jarayoniga aralashuvlar uchun kengaytirilgan imkoniyatlarni berishida redermalizatsiya usuli suksinat reseptorlari orqali kollagen ishlab chiqarish va degradatsiyasi o‘rtasidagi muvozanatni sun’iy ravishda tartibga solishi aniklangan;
chandiqlarni antigipoksant bilan davolaganda qonda endoteliy o‘sish omillarining darajasi ortishi va yara bo‘shlig‘ida angiognenez jarayonining faollashuvi isbotlangan;
patologik chandiqlarni profilaktikasi va davolashda chandiqli to‘qimada gipoksiya darajasini pasayishini ta’minlash uchun suksinat natriyni qo‘llash samaradorligi isbotlangan;
gemostaz tizimining tomir-trombotsitar bo‘g‘inining ko‘rsatkichlari operatsiyadan keyingi patologik chandiq ko‘rinishidagi asoratlarni bashoratlashda asosiy diagnostik tamoyil ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Operatsiyadan keyingi chandiklarni profilaktikasi va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bemorlarni yuz-jag‘ sohasi operatsiyasiga amaliyot oldi tayyorgarlik usulini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Operatsiyadan keyingi patologik chandiklarni xosil bo‘lishini profilaktikasi uchun redermalizatsiyalovchi terapiya usuli” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 24 iyundagi 8n-d/589-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bemorlarni jarrohlik usulida davolash sifatini oshirish imkoniyatini bergan;
operatsiyadan keyingi patologik chandiklarni morfologik ko‘rsatkichlarini o‘rganishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Operatsiyadan keyingi patologik chandiklarni redermalizatsiya turiga qarab morfologik ko‘rsatkichlarini suksinat saqlovchi preparat yordamida baholash” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 24 iyundagi 8n-d/588-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yuzning patologik chandiqlarini erta tashhislash va klinik kechishini inobatga olgan holda davolash taktikasini ishlab chiqish va samaradorligini oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand shahri Tibbiyot birlashmasi, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi va Doctor Khasanov Stoma servis MChJ davolash-profilaktika muassasasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 16 iyuldagi 8n-z/239-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi qo‘pol patologik chandiqlarni hosil bo‘lish xavfini pasaytirish, operatsiyadan keyingi uzoq va yaqin muddatlarda asoratlar sonini kamaytirish, bemorlarni statsionarda davolanish davomiyligini va byudjet xarajatlarini qisqartirish imkonini bergan.