Mustafaeva Feruza Abulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayollarda kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklarida immun statusni baholashga tabaqalashtirilgan yondashuv», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya; 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib.1457.
Ilmiy rahbarlar: Nuraliev Nekkadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ixtiyarova Gulchehra Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/ PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Dobroxotova Yuliya Eduardovna tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya); Fayzullaeva Nigora Yaxyaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ayollarda kichik chanoq a’zolarining yallig‘lanish kasalliklarida immun holatni va differensial yondashuvni baholashga tashxis qo‘yishda immunologik mezonlarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik chanoq a’zolarida yallig‘lanish kasalliklariga ega ayollarda, kasallik qo‘zg‘atuvchisining turiga bog‘liq ravishda immun holat ko‘rsatkichlarini miqdorida noturg‘unlik qayd etilgan;
ayollarda kichik chanoq a’zolarida yallig‘lanish kasalliklarining klinik kechuvi va immun holat ko‘rsatgichlarini bog‘liqliklarida o‘ziga xosliklar aniqlangan;
kichik chanoq a’zolarida yallig‘lanish kasalliklariga ega ayollarda kasallikni klinik kechuvining og‘irligi va immun holatni asosiy ko‘rsatkichlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik isbotlangan.
ayollarda kichik chanoq a’zolarida yallig‘lanish kasalliklarida, kasallik qo‘zg‘atuvchilarning peyzajini e’tiborga olib, immun holatni baholashga differensial yondashuv ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasaliklari bilan kasalliklari bilan kasallangan ayollar immun tizimi javobining turli bosqichlarida immun etishmovchilikni aniqlash va yiringli-septik asoratlar diagnostikasida immun tizimi o‘zgarishlari negizida qiyosiy immunodiagnostikasi bo‘yicha tadqiqot 
kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklarida ayollar immun statusni baholash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklarida ayollar immun statusni baholash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 sentyabrdagi 8n-r/784-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma kichik chanoq a’zolari yallig‘lagnish kasalliklari bilan kasallangan ayollarni o‘z vaqtida davolash va asoratlarni oldini olish choralarini ko‘rish imkonini bergan;
ayollarda kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklarni  erta tashxislash tahlil usullarini optimallashtirish va ginekologik asoratlarini oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi, Buxoro shahar 4-son oilaviy poliklinikaning ginekologiya bo‘limida klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-z/352-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklarida immun holatni baholash uchun ishlab chiqilgan differensial yondashuv usuli mazkur patologiyaga erta tashxis qo‘yishini yaxshilash imkoni berdi va immunologik mezonlar optimal davolash taktikasini tanlash imkonini berdi va mazkur patologiya kechishining prognozini yaxshilash imkonini yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish