Qodirov Shukrullo Salimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurak ishemik kasalligi bor bemorlarda teri orqali koronar aralashuvlarga tayyorgarlikda gastroduodenal zona shikastlanishining diagnostikasi va davolashini muqobillashtirish» 14.00.06 – Kardiologiya 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib746.
Ilmiy rahbarlar: Trigulova Raisa Xusainovna, tibbiyot fanlari doktori; Daminova Lola Turgunpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-imaliy tibbiyot markazi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Timur Atanazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimov Mirvasit Mirvasikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: yurak ishemik kasalligi bemorlarini rentgenendovaskulyar amaliyotga tayyorgarlik oldidan me’da va o‘n ikki barmoq ichak shikastlanishi xususiyatlarini baxolash va bu bemorlarni kuzatishda tashxislash-davolash taktikasini muqobillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
me’da va  o‘n ikki barmoq ichak yarali shikastlanishlari bilan yondosh yurak ishemik kasalligi bor bemorlarida ilk bora ikkala patologiyaning klinik alomatlari xususiyatlari aniqlangan;
yurak ishemik kasalligi bor bemorlarini teri orqali koronar aralashuvlarga tayyorlashda me’da va o‘n ikki barmoq ichak shilliq qavat shikastlanishlari endoskopik ko‘rinishi asoslangan;
teri orqali koronar aralishuviga ehtiyoji bo‘lgan yurak ishemik kasalligi bemorlarida, antitrombotik terapiya turi va davomiyligiga bog‘liq bo‘lgan eroziv-yarali zararlanishlarning shakllanish chastotasi aniklangan; 
pepsan R va Galavit dori vositalarini me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalliklari bo‘lgan yurak ishemik kasalligi bemorlarining standart yaraga qarshi terapiyasiga kiritilishi gastroduodenal zonaning shilliq qavatidagi reparativ jarayonlar muddatining qisqarishiga  ijobiy ta’siri aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yurak ishemik kasalligining turli shakllari bilan kasallangan bemorlarda me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara-eroziv zararlanishlarining klinik-endoskopik tavsiflarini aniqlash, hamda teri orqali koronar aralashuvlarga tayyorgarlik oldidan yaraga qarshi terapiyasi kiritilishi va gastroduodenal zonaning shilliq qavatidagi reparativ jarayonlar muddatini qisqartirish buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarda Helicobacter pylori infeksiyasini tashxislash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarda Helicobacter pylori infeksiyasini tashxislash choralari va davolash taktikasini muqobillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 12 dekabr 2019 yildagi 8n-r/584-son ma’lumotnomasi); Mazkur uslubiy tavsiyanoma yurak ishemik kasalligi bor bemorlarda gastroduodenal shikastlanishlarni tashxislash va davolashda shaxsga moslab tanlash imkonini bergan; 
yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarda gastroduodenal yaralarini tashxislash va davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarda gastroduodenal yaralarini tashxislash va davolash algoritmini qo‘llash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 12 dekabr 2019 yildagi 8n-r/585-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yurak ishemik kasalligi bor bemorlarda gastroduodenal shikastlanishlarnida qon ketishlar rivojlanishi va qayta shifoxonaga tushish xavfini pasaytirishga, xamda endovaskulyar muolajalar o‘tkazilish muddatlarini qisqartirishga yordam bergan;
Yurak ishemik kasalligi bor bemorlarda teri orqali koronar aralashuvlarga tayyorgarlikda gastroduodenal zona shikastlanishini  klinik-endoskopik tavsiflarini erta baxolash va yaraga qarshi terapiyasi kiritilishi va gastroduodenal zonaning shilliq qavatidagi reparativ jarayonlar muddatini qisqartirish buyicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Jizzax viloyati kardiologik markazi, Buxoro viloyati kadiologik dispanseri, Sirdaryo viloyati kardiologik dispanseri amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2021 yil 26 noyabrdagi 07-09/01 son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi yurak ishemik kasalligi bor bemorlarda gastroduodenal shikastlanishlarni erta tashxislashda, davolashda, asoratli qon ketishlarni oldini olishda, qayta shifoxonaga tushish xavfini pasaytirishga, endovaskulyar muolajalar o‘tkazilishga tayyorgarlik davrini  va gastroduodenal zonaning shilliq qavatidagi reparativ jarayonlar muddatini qisqartirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish