Nuralieva Nodira Abdukamilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘simliklarga vegetatsiya davrida ishlov beruvchi elektromexanik qurilmaning parametrlarini asoslash” (suspenziya sepish misolida)”, 05.05.07 – “Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4. PhD /T2396
Ilmiy rahbar: Boqiev Abdujolol Abdulxamitovich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti. DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Ashiraf texnika fanlari doktori, professor; Samatov Ne’matjon Axmatovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘simliklarga ishlov berish bo‘yicha agrotexnik tadbirlarni bajarishga mo‘ljallangan mobil elektromexanik qurilmaning energetik parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muqobil energiya manbalaridan foydalanib bir zaryadda o‘simliklarga ishlov beriladigan maydonni hisobga olgan holda o‘simliklarga ishlov beruvchi kichik quvvatli elektr yuritmali mobil elektromexanik qurilmaning energetik parametrlari asoslangan;
kichik quvvatli elektr yuritmali mobil elektromexanik qurilmaning og‘irligi, purkagichning ishchi tezligi va elektr motor quvvatini hisobga olgan holda ko‘p omilli tajribalardan foydalanib matematik model olingan va uni echish orqali mobil elektromexanik qurilmaning bir zaryadda o‘simliklarga maksimal ishlov berish maydonini ta’minlaydigan maqbul parametrlari asoslangan;
muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda kichik quvvatli elektr yuritmali mobil elektromexanik qurilmaning tajriba-sanoat nusxasi ishlab chiqilgan.
kichik quvvatli elektr yuritmali mobil elektromexanik qurilma ekspluatatsiyasida “Inson-elektr qurilma-muhit” tizimida xavfsizlikni ta’minlash uslublari va joriy etish mexanizmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘simliklarga vegetatsiya davrida ishlov beradigan mobil elektromexanik qurilmaning parametrlari va ish rejimlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘simliklarga suyuqlik bilan agrotexnik ishlov beruvchi elektromexanik qurilmaga dastlabki talablar va uning konstruksiyasini loyihalash uchun texnik topshiriq ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 15 dekabrdagi 02/023-5078-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘simliklarga vegetatsiya davrida ishlov beruvchi mobil elektromexanik qurilmaning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
purkagich bilan jihozlangan mobil elektromexanik qurilmaning tajriba nusxasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi “Nuriev Madiyar” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 15 dekabrdagi 02/023-5078-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaligi bo‘yicha yonilg‘i sotib olish, uni etkazib berish uchun umumiy xarajatlarni 15-20% gacha kamaytirish imkonini bergan;
kichik quvvatli elektr yuritmali mobil elektromexanik qurilmaning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 15 dekabrdagi 02/023-5078-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega purkagich bilan jihozlangan kichik quvvatli elektr yuritmali mobil elektromexanik qurilmaning sanoat nusxasini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.