Jumatov Yakubbay Karimbayevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Vintsimon ozuqa maydalagichning parametrlari va ish rejimlarini asoslash”, 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2431
Ilmiy rahbar: Alijanov Djapbar, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti .
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, DSs.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor; Qarshiev Faxriddin Umarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “BMKB-Agromash” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dag‘al poyali ozuqalarni qirqib maydalashga mo‘ljallangan energiya va resurstejamkor maydalagich qurilmasini ishlab chiqish hamda parametrlar va ish rejimlarini asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dag‘al poyali ozuqalarni maydalagich apparatga vintsimon uzatish qismida qirqib birlamchi maydalab uzatishni amalga oshiradigan takomillashtirilgan ozuqa maydalash qurilmasi ishlab chiqilgan;
ozuqa maydalagichning vintsimon qismidagi qirqish pichog‘i va qo‘zg‘almas pichoq o‘lchamlari poyali ozuqalarning uzatish bunkeri orqali erkin tushib kelishi va qirqishdagi deformatsiyalanishini hisobga olgan holda aniqlangan;
ozuqa maydalagich vintsimon pichog‘ining aylanishlar soni poya bo‘lagining gravitatsion tushishidagi harakatlanishini ta’minlash sharoitidan kelib chiqib asoslangan;
ozuqa maydalagich disksimon yakuniy maydalash apparati faol pichoqlari tig‘ining shakli poyalarni ishonchli qamrab olish shartidan, uning birlamchi vintsimon maydalash apparati bilan o‘zaro mutanosib ishlash rejimlari esa maydalagichning ish unumini hisobga olgan holda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Vintsimon ozuqa maydalagichning parametrlari va ish rejimlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
dag‘al poyali ozuqalarni maydalaydigan vintsimon maydalagichga dastlabki talablar tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 6-maydagi 02/023-1969-son ma’lumotnomasi). Natijada, dag‘al poyali ozuqalarni vintsimon uzatish qismida birlamchi maydalashni amalga oshiradigan ish sifati yuqori ozuqa maydalagich konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
ozuqalarni maydalash qurilmasi Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 6-maydagi 02/023-1969-son ma’lumotnomasi). Natijada ozuqalarni maydalash qurilmasi qo‘llanilganda mavjud qurilmalarga nisbatan ozuqalarni zootexnik talablarga javob beradigan holda maydalash va bu jarayonda solishtirma energiya sarfini 3,7 martaga kamaytirishga erishilgan;
ozuqa maydalagichni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik xujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriqlar, texnik shartlar va chizmalari) «VMKV-Aggomash» AJ da ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 6-maydagi 02/023-1969-son ma’lumotnomasi). Natijada dag‘al ozuqalarni maydalash uchun energiya va metall sarfi kam, ish sifati talab darajasida bo‘lgan maydalagichni ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.