Sayt test rejimida ishlamoqda

Saidov Abdusalom Shomurodovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Izoxinolin alkaloidlari va ularning analoglarini ba’zi karbon kislotalar asosida sintezi», 02.00.03–Organik kimyo (kimyo fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/K10.

Ilmiy rahbar: Muxamadiev Nurali Kurbonalievich, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.K.01.03.

Rasmiy opponentlar: Abdugofurov Ibragimdjan Azizovich, kimyo fanlari doktori; Abdullaev Shavkat Voxidovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: yangi mono- va bis-molekulyar tetragidroizoxinolinlarning sintez usullarini ishlab chiqish hamda ularning fizik-kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

gomoveratrilamin va qator kislotalar asosida biologik faollikka ega bo‘lgan yangi birikmalarni maqsadli sintezini o‘zida mujassamlashtirilgan almashingan 1, 2, 3, 4-tetragidroizoxinolinlarning mono- va bis- hosilalarini olishning yangi usullari ishlab chiqilgan;

ilk bor gomoveratrilaminning qator bir asosli karbon kislotalar (S7 – S22, S18 ∆9 sis va trans yog‘ kislotalari, 3-indolsirka, glikol va o-, m-, p- piridin kislotalari) bilan o‘zaro ta’siridan 32 ta yangi hosilalar sintez qilingan;

glikol kislota bilan reaksiya noodatiy uch xalqali mahsulot-aziridin-boranning hosil bo‘lishi bilan borishi aniqlangan;

6, 7- dimetoksi-1-(1N-indol-3-il)- 1, 2, 3, 4-tetragidroizoxinolinning formalin bilan Mannix va Kreyg reaksiyasi natijasida bitta besh xalqali hosilani olinishi isbotlangan;

ilk bor tabiiy izotrop kislota asosida bis-izoxinolin hosilasini va koridaldin alkaloidining sintez qilishning yangi usuli ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Izoxinolin alkaloidlari va ularning analoglarini ba’zi karbon kislotalar asosida sintezini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

sintez qilingan hamda tuzilishi aniqlangan 2, 3-dimetoksi-5, 6, 7, 8, 13, 13a-geksagidro-6a,
8-diazoindeno [2,1-b] fenantrenning kristallik strukturasi Kembrij markazining ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (Cambridge Crystallographic Data Centrening 2017 yil 11 yanvardagi 1412105-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar izixinolin sinfga mansub bo‘lgan yangi moddalar yaratish imkoniyatini bergan;

gilikol kislota va gomoveratrilaminning kondensatlanish va sikllanish reaksiyalari natijasida olingan moddalarning kimyoviy tuzilishi rentgin tuzilish tahlili asosida aniqlangan N,N\'-(3,4-dimetoksi-β-feniletil) oksalat kislota diamidi va 6, 7-dimetoksi-1, 3, 4, 8b-tetragidroazirin [2,1a]-izoxinolin-N-boranlarning kristallik strukturalari xalqaro Kembrij markazining struktur ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (Cambridge Crystallographic Data Centrening 2017 yil 11 yanvardagi 1014600, 1014601-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar asosida turli xil xossaga ega bo‘lgan yangi moddalarni maqsadli sintez qilish imkoniyatini bergan;

tetragidroizoxinolin hosilalarini sintez qilish usullari «Qo‘qon Superfosfat zavodi» AJda amaliyotga joriy etilgan («Qo‘qon Superfosfat zavodi» AJning 2017 yil 22 fevraldagi 03-231-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan usul asosida yangi mono- va bis-molekulyar tetragidroizoxinolin birikmalarni sintez qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish