Sultonov Akram Ikromovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tarbiyasi og‘ir o‘quvchilarda oila, maktab, mahalla hamkorligida milliy g‘oyani shakllantirish (V-IX sinflar misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped279.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti,    PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Maxmudova Muyassar, pedagogika fanlari doktori, professor; Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi V-IX sinflarda tahsil olayotgan tarbiyasi og‘ir o‘quvchilarda milliy g‘oyani shakllantirishda oila, maktab, mahalla hamkorligini ta’minlashning ilmiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarbiyasi og‘ir o‘smir yoshidagi o‘quvchilarda milliy g‘oyani shakllantirishning ijtimoiy-pedagogik jihatlari hayotiy maqsadlarni qaror toptirish, bolalardagi agressivlik, apatiyani pedagogik korreksiyalash, kommunikativ ko‘nikmalarning beqarorligi, kognitiv sifatlar pastligi profilaktikasini qadriyatlar interiorizatsiyasi (ichki anglanganligi) bilan internallik darajasini kengaytirish orqali aniqlashtirilgan;
individual, guruhiy, jamoaviy, mafkuraviy-pedagogik ish shakllarini (o‘zaro fikriy uyg‘unlikni hosil qilish, guruhiy qarorlarni ishlab chiqish, qadam-baqadam ish) praksiologik metodlar bilan qayta aloqasi produktivligini hisobga olish asosida tarbiyasi og‘ir o‘quvchilarda milliy g‘oyani shakllantirishning mafkuraviy-profilaktik tizimi takomillashtirilgan;
o‘quvchilar tarbiyasidagi ijtimoiy “og‘ish”larni diagnostika qilish va korreksiyalashga doir pedagogik modelning kognitiv komponenti ta’lim oluvchilarda g‘oyaviy savodxonlikni shakllantirish, shaxsiy axborot xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan ma’naviy kompetensiyalarni hamkorlik pedagogikasining jamiyatni pedagogizatsiyalash yo‘nalishi bilan adaptiv tarzda namoyon bo‘lishini qat’iy belgilash orqali takomillashtirilgan;
oila, maktab, mahalla hamkorligida mafkuraviy-profilaktik tadbirlarni tashkil etishning ota-onalarda virtual-pedagogik nazorat malakalarini rivojlantirish, maktabda g‘oyaviy-mafkuraviy tarbiya muhitini yangilash kabi pedagogik shart-sharoitlari pedagogik konseptining vitagenlik jihatini barqarorlashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarbiyasi og‘ir o‘quvchilarda oila, maktab, mahalla hamkorligida milliy g‘oyani shakllantirish bo‘yicha ilmiy natijalari:
o‘smir bolalar tarbiyasidagi agressivlik, apatiya, kommunikativ ko‘nikmalarning beqarorligi, kognitiv sifatlar pastligi kabi belgilarni aniqlash metodikasi ochiq va yopiq turdagi kuzatuv, pedagogik-psixologik tashhis, sotsiometriya kabi metodlar orqali aniqlashtirilgan xulosalaridan Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro viloyatlari xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 24 sentyabrdagi 01/11-01/10-1398-son ma’lumotnomasi). Natijada  fanlar mazmunini takomillashtirish va o‘qitish sifatini oshirish imkoniyati yaratilgan;    
o‘quvchilar tarbisidagi “og‘ish”larni diagnostika qilish va korreksiyalashga doir modelning kognitiv komponent, emotsional-qadriyatli komponent va tarbiya komponentlari aniq maqsadga yo‘naltirilganlik, izchillik, uzviylik, o‘zaro aloqadorlik, aniq maqsadning natijalanganligi kabi tamoyillarga tayangan holda takomillashtirilganligiga doir xulosalaridan Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro viloyatlari xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 24 sentyabrdagi 01/11-01/10-1398-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy g‘oyani shakllanganlik darajasini aniqlovchi mezonlarini takomillashtirish imkonini bergan;    
o‘quvchilar tarbisidagi “og‘ish”larni diagnostika qilish va korreksiyalashga doir modelning kognitiv komponent, emotsional-qadriyatli komponent va tarbiya komponentlari aniq maqsadga yo‘naltirilganlik, izchillik, uzviylik, o‘zaro aloqadorlik, aniq maqsadning natijalanganligi kabi tamoyillarga tayangan holda takomillashtirilishiga oid xulosalaridan Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro viloyatlari xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 24 sentyabrdagi 01/11-01/10-1398-son ma’lumotnomasi). Natijada  tarbiyaviy tadbirlarni loyihalash va rejalashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni takomillashtirish imkonini bergan.  

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish