Tojidinov Mashhurbek Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida akril monomerlarini olish va qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2252.
Ilmiy rahbar: Karimov Mas’ud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedgaliev Baxtiyor Abdukadirovich, kimyo fanlari doktori, professor; Kattaev Nuriddin To‘raevich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida akrilonitril, akril kislota va akriloilmochevina monomerlarini sintez qilish va ularni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mavjud usullarga nisbatan past harorat va atmosfera bosimida atsetonitril va formal`degid asosida akrilonitril sintez qilingan hamda sintez jarayonining maqbul sharoitlari aniqlangan;
maxalliy xomashyolar asosida gaz fazada akril kislotasi sintezi uchun yangi katalizator ishlab chiqilgan;
sirka kislota va mochevina asosida sintez qilingan atsetilmochevina bilan formal`degidning o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida akriloilmochevina sintez qilingan hamda uning tuzilishi zamonaviy tadqiqot usullari yordamida isbotlangan;
sintez qilingan akril monomerlari asosida yuqori bo‘kuvchan gidrogellar olingan va ularning bo‘kish darajasi dastlabki monomerlarning o‘zaro nisbatlariga bog‘liqligi isbotlangan;
sintez qilingan akril monomerlari asosida suvli dispers bo‘yoqlari olingan va uning GOST 28196 – 89 standart talablariga muvofiqligi aniqlangan;
mahalliy xomashyolar asosida akril monomerlarini olish va ularni qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyolar asosida akril monomerlarini olish va qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
akril monomerlari asosida fasad bo‘yoqlarini ishlab chiqarish texnologiyasi “BMAX BUILDING MATERIALS” MChJ O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy qilingan (“BMAX BUILDING MATERIALS” MChJ O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasining 2021 yil 10 sentyabrdagi 47-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida suvda eruvchan VD-AK-111 markali fasad bo‘yoqlarini olish imkonini bergan;
akril monomerlari asosida olingan polimer gidrogellar “Saidmurot oltin dala” va “Ortiqov Nosir Tojimurodovich” fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy qilingan (“BMAX BUILDING MATERIALS” MChJ O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasining 2021 yil 10 sentyabrdagi 47-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta hosildorligini 12 s ga oshirish hamda suv va mineral o‘g‘itlarni 20-25% gacha tejash imkonini bergan.