Olimov Bobir Bahodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Neft`-gaz sanoatidagi kislotali korroziyaga qarshi vinilatsetilen asosidagi ingibitorlarning olinishi va texnologiyasi», 02.00.08 – Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2449.
Ilmiy rahbar: Axmedov Voxid Nizomovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Olim Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor; Beknazarov Hasan Sohibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft`-gaz sanoatidagi kislotali korroziyaga qarshi vinilatsetilen asosidagi ingibitorlarning olinishi texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor rezorsin, gidroxinon va pirokatexinni vinilatsetilen bilan atmosfera bosimida katalitik vinillash jarayoniga tabiati turlicha bo‘lgan erituvchilar va katalizatorlarning ta’siri asoslangan;
ikki atomli fenollar va ularning vinil hosilalarini kvant-kimyoviy va molekulyar-dinamik hisoblashlari asosida tuzilishi va reaksion qobiliyati orasidagi bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlangan;
ikki atomli fenollarning vinil efirlarini mahalliy xomashyolar: formalin, natriy bisul`fit hamda monoetanolamin ishtirokida olingan neft`-gaz sanoatidagi kislotali korroziyaga qarshi ingibirlovchi moddalarning tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
metallarni kislotali korroziyadan himoyalash uchun ishlab chiqilgan ikki atomli fenollar vinil efirlari asosidagi sulfometillangan va aminometillangan hosilalarining ingibirlash xossalari amaliy asoslangan;
neft`-gaz sanoatidagi kislotali korroziyaga qarshi ingibitorlarni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Neft`-gaz sanoatidagi kislotali korroziyaga qarshi ingibitorlarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan korroziya ingibitorlari “Olot neft va gaz qidiruv ekspedisiyasi” MChJda amaliyotga joriy etilgan ( «O‘zbekneftgaz» AJning 2021 yil 28 dekabrdagi 03-17-5/210-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv-neft emul`siyalarida korroziyadan himoyalash darajasini 93,5 foizgacha oshirish imkonini bergan;
tarkibiga sul`fo va amino funksional guruhlari kiritilgan ingibitorlar “Buxoroneftgazparmalash” AJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan ( «O‘zbekneftgaz» AJning 2021 yil 28 dekabrdagi 03-17-5/210-son ma’lumotnomasi). Natijada, sul`fo va amino guruh fragmentlarini tutgan organik birikmalarning korroziyadan himoyalash darajasi sul`fometillangan korroziya ingibitori uchun 93,5%, aminometillangan korroziya ingibitori uchun esa 92,3% oshirish imkonini bergan.