Madaminov Baxrom Mirodilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Agressiv muhitda ishlaydigan uskunalarning ishchi yuzasini qoplash uchun antikorrozion kompozision silikat materiallarining tarkibini ishlab chiqish», 02.00.07 - Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2442.
Ilmiy rahbar: Yulchieva Surayyo Baxromovna, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Eminov Ashrap Mamurovich, texnika fanlari doktori, professor; Babaxanova Muxida Gulyamovna, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy  va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: agressiv muhitda ishlaydigan uskunalarning ishchi yuzasini qoplash uchun antikorrozion kompozision silikat materiallarining tarkibini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gidroliz spirtini ishlab chiqarishning agressiv muhitida suyuq shishali kompozisiyalarning gidratlanish va struktura shakllanish jarayonining qonuniyatlari ishlab chiqilgan;
suyuq shishaning gidrolizida natriy kremniyftorid bilan reaksiyaga kirishmagan ishqor, to‘ldiruvchi donalarini emirilishi, natijada to‘ldiruvchining kremniy kislotasi geli bilan mustaxkam bog‘lanishi namunada gelga o‘xshash xolatga o‘tuvchi gidrotsilikat ishqorlarining hosil bo‘lishi hisobiga ta’minlanganligi aniqlangan;
kompozisiya strukturasining zichlashishi kremnezem modulining ortishi hisobiga amalga oshishi natijasida polimerlangan va o‘zining kremniy-kislorodli karkasida zich strukturaga ega bo‘lib, kompozisiyaning monolit, yuqori mustaxkam, suv va kislotaga chidamli strukturasining shakllanishi hisobiga porfirit va vollastonit zarrachalarining yuqori darajada sementlanishi uchun sharoit yaratilganligi aniqlangan;
fizik-kimyoviy tadqiqotlar natijasija suyuq shisha kompozisiyalar yuzasida erimaydigan birikmalar paydo bo‘lishi natijada ular gel mahsulotlari bilan birga turli faol korroziyali muhitda kimyoviy qarshiligini oshirib beruvchi mayda kristalli, bir xil tuzilishga ega struktura hosil qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Agressiv muhitda ishlaydigan uskunalarning ishchi yuzasini qoplash uchun antikorrozion kompozision silikat materiallarining tarkibini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan korroziyabardosh silikat kompozisiyalar va ular asosidagi qoplamalar «Namanganvino» MChJda uskuna va qurilmalarning ishchi yuzasiga qo‘llashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochiliqni rivojlantirish agentligining 2021 yil 15 iyuldagi 02-19/2460-son ma’lumotnomasi). Natijada, uskunalarining umrboqiyligini 2,5 marta oshirish imkonini bergan;
kompozision silikat materiallar «Namanganvino» MChJda uskunalarni qoplashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochiliqni rivojlantirish agentligining 2021 yil 15 iyuldagi 02-19/2460-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Namanganvino» MChJ ning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish