Abdullaev Otabek Xusenovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mashinasozlik uchun antifriksion-eyilishbardosh kompozision termoplastik polimer materiallar va ulardan qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 - Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01 - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2440.
Ilmiy rahbarlar: Negmatov Sayibjan Sadikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Karshiev Mamarayim Sanaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Risqulov Alimjon Axmadjanovich,  texnika fanlari doktori, professor; Ulmasov Tulkin Usmonovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy  va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mashinasozlik uchun antifriksion-eyilishbardosh kompozision termoplastik polimer materiallar va ulardan qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘ldirilgan termoplastik polimerlarning antifriksion eyilishbardosh xossalari aniqlangan;
olingan metall polimer qoplamalarining xususiyatlariga texnologik parametrlarning ta’siri aniqlangan;
antifriksion metall polimer qoplamalarini yaratish uchun metall polimer materiallarining optimal tarkibini ishlab chiqilgan;
antifriksion kompozision polimer qoplamaning o‘zaro aloqadagi ta’siri natijasida materialning tuzilishi, uning samaradorligini to‘ldiruvchining turiga va polimer qoplamini to‘ldirish darajasiga bog‘liqligi aniqlangan;
metall-polimer kompozision materiallarning sirpanuvchi podshipniklarda qo‘llanilishi natijasida qurilmalarning ishlash samaradorligini oshishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:    
Mashinasozlik uchun antifriksion-eyilishbardosh kompozision termoplastik polimer materiallar va ulardan qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
antifriksion-eyilishbardosh kompozision polimer materiallardan kompozision metallo-polimer materiallar asosidagi sirpanish podshipniklarining konstruksiyalari Piskent paxta tozalash zavodida joriy qilingan («PAXTASANOAT ILMIY MARKAZI»ning 2021 yil 19 noyabrdagi 02-11/515-son ma’lumotnomasi). Natijada, mashina va mexanizmlar ishchi organlarining eyilishbardoshligini 1,5-1,8 marta, mashinalarning ishlash samaradorligini 7-15% ga oshirish imkonini bergan;
yangi usul bilan olingan vintli konveyrlar ishchi organlarida antifriksion-eyilishbardosh kompozision metallo-polimer materiallar asosidagi sirpanish podshipniklari Piskent paxta tozalash zavodining uzatish linterida joriy qilingan («PAXTASANOAT ILMIY MARKAZI»ning 2021 yil 19 noyabrdagi 02-11/515-son ma’lumotnomasi). Natijada, Piskent paxta tozalash zavodida ishlatiladigan energiya quvvatini 7-8% ga kamaytirish hamda korxonadagi uskuna va qurilmalarining umrboqiyligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish