Xudoyberganov Oybek Ikromovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Nitrobenzoy kislota izomerlari, etilendiamin va etanolaminlar asosidagi metall hamda molekulyar komplekslarning sintezi va tuzilishi», 02.00.01 – Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/K175.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Baxtiyar Tulyaganovich, kimyo fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.72.01.
Rasmiy opponentlar: Daminova Shaxlo Sharipovna, kimyo fanlari doktori; Tursunov Murod Amonovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Co(II), Ni(II), Cu(II), Zn(II) va Cd(II) tuzlari, nitrobenzoy kislotalar, etilendiamin va etanolaminlar asosidagi metall hamda molekulyar kompleks birikmalari sintezini amalga oshirish, tarkibi, tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Co(II), Ni(II), Cu(II), Zn(II) va Cd(II) tuzlari, nitrobenzoy kislotalar, etilendiamin va etanolaminlar asosidagi 25 ta yangi metall hamda molekulyar kompleks birikmalari sintez qilingan;
sintez qilingan birikmalarning tarkibi isbotlangan;
IQ- spektroskopiyasi usullari bilan sintez qilingan birikmalarda ligandlarning koordinatsiyalash usullari va koordinatsion tugun geometriyasi aniqlangan;
rentgenstrukturaviy analiz yordamida sintez qilingan birikmalarning tuzilishi isbotlangan;
kvant-kimyoviy usullar bilan geometrik va energetik parametrlar, olingan birikmalarning geometriyasi va reaksion qobiliyati hisoblangan;
sintez qilingan birikmalarning biologik faolligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Nitrobenzoy kislota izomerlari, etilendiamin va etanolaminlar asosidagi metall hamda molekulyar komplekslarning sintezi va tuzilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan BMK stimulyatori Xorazm viloyati fermer xo‘jaliklari maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 7 iyundagi 02/025-2404-son ma’lumotnomasi). Natijada, bug‘doyning unib chiqishini 3-4 kunga, barcha fazalarda nazoratga nisbatan bug‘doyning rivojlanishi tezlashishi, hosil shakllanishi va etilishi 3-5 kunga erta bo‘lishi va hosildorlikni 8-10 sentnerga oshirish imkonini bergan;
So(II), Ni(II), Cu(II), Zn(II) va Cd(II) tuzlarining benzoy kislota hosilalari, etilendiamin va etanolaminlar asosidagi metallokompleks birikmalari №PZ-2017092435 “Xorazm viloyati sharoitida dorivor o‘simliklarni o‘stirish va ular asosida biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 8 iyundagi 4/1255-1684-son ma’lumotnomasi). Natijada, dorivor o‘simliklar tarkibidagi flavonoidlarni sifat va miqdor jihatdan aniqlash imkonini bergan;
[Cu2(L3)2(TEA)2]•2H2O tarkibli kompleks birikmaning rentgenstrukturaviy analiz natijalari Kembridj kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, https://www.crystallography.net), [Cu2(L3)2(TEA)2]•2H2O CCDC depozit raqami 2108484). Natijada, bazaga kiritilgan kimyoviy birikma o‘xshash birikmalarni sintez qilishda, tuzilishini tavsiflashda taqdim etilgan ma’lumotlardan foydalanish imkonini bergan.