Jumaniyazova Navbahor Baxtiyarovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Xorazm viloyati sharoitida ekologik omillarning qovoq hosildorligiga ta’siri», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/B562.
Ilmiy rahbar: Satipov Gaipnazar Matvapaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Jumamuratov Mirzamurat Ajimuratovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Matjanova Xolida Kazakbaevna, biologiya fanlari  nomzodi, dotsent .
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyati sharoitida agroekologik omillarining qovoq hosildorligiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
agrotsenozlarning o‘rta sho‘rlangan tuproqlarida qovoq navlarining adaptiv potensiali va tabiiy namlik sharoitida  fitomelioratsiya qilish imkoniyatlari aniqlangan;
ilk bor Xorazm vohasining o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida “Ispanskaya-73”, “Shirintoy” va “Butternut” qovoq navlarining biologik hosildorligi iqlim ko‘rsatkichlariga bog‘liqligi aniqlangan; 
qovoq navlarining hosil sifati, ekologik xavfsizligi va iqtisodiy samaradorligi o‘g‘it me’yorlari (N-150, P-120, K-90 va N-200, P-140, K-100) asosida aniqlangan;
hudud agroiqlim sharoitiga muvofiq qovoq etishtirish agroekologik omillar ta’sirida ekish muddati (10-20-30 aprel`) va ko‘chat qalinligi ( 70,  70,  70) aniqlanib optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Xorazm viloyati ekologik omillari sharoitida qovoq hosildorligiga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqaning agrotsenozlar holatini prognoz qilish, o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida tuproq holatini yaxshilash va ekologik toza mahsulot olish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi amaliyotida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2021 yil 20 avgusdagi 02-01/18-1-1798-son ma’lumotnomasi). Natijada, agrotsenozlar holatini ekologik monitoring qilish dasturlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
mintaqaning keskin kontinental iqlim o‘zgarishi va tuproqlarda kechayotgan turli degradatsion jarayonlarga bog‘liq holda ekologik toza poliz ekinlarini etishtirib berish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 7 sentyabrdagi 02/029-3646-son ma’lumotnomasi). Natijada, Xorazm viloyati o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida “Ispanskaya-73”, “Shirintoy” va “Butternut” qovoq navlarini etishtirishning agrotexnologiyalari poliz ekinlarini etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarida foydalanish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish