Jumag‘ulov Alisher Ernapasovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Investisiya fondlarining fuqarolik-huquqiy maqomi», 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xucuciy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Yu190.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Jaxongir Inomovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilganmuassasanomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Imomov Nurillo Fayzullaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Narziev Otabek Sa’dievich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistondainvestisiya fondlarining fuqarolik-huquqiy maqomini belgilash va takomillashtirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini rivojlantirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlarga korporativ obligatsiyalar chiqarish huquqi berilishi investisiya fondlarining faolligiga olib kelishi asoslantirilgan;
investisiya kompaniyasining huquqiy maqomi va vazifalarini aniq belgilash, investisiyalarni jamg‘arish va boshqarish funksiyalarini ayni bir sub’ektda jamlamaslik asoslantirilgan;
malakali investorlarning investisiya hissalarini to‘plashda investisiyaviy munosabatlar sub’ektlariga shartnomaviy erkinlik berish lozimligi asoslab berilgan;
investisiya fondlari, investisiya kompaniyalari va boshqaruvchi kompaniyalarning faoliyatida davlat regulyatorlik funksiyasini maxsus davlat boshqaruv organiga yuklash asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlarga korporativ obligatsiyalar chiqarish huquqi berilishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi Qonuni 3-moddasi
16-xatboshiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 11 yanvardagi 3-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi moliyaviy xizmatlar bozori imkoniyatlarini kengaytirib, investorlar faolligini oshirishga imkon bergan;
investisiya kompaniyasining huquqiy maqomi va vazifalarini aniq belgilash, investisiyalarni jamg‘arish va boshqarish funksiyalarini ayni bir sub’ektda jamlamaslik to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 maydagi 414-son qarori bilan tasdiqlangan Investisiya va boshqaruv kompaniyalari faoliyati to‘g‘risida nizomning 4 va 6-bandini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021 yil 2 martdagi 12/21-10-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi investisiya kompaniyalarining huquqiy maqomini belgilash, investisiya kompaniyalarining investisiyaviy xizmatlarini ko‘rsatishda asosiy sub’ekt deb tan olinishi va investisiyaviy munosabatlarda risklarni diversifikatsiyalashga xizmat qilgan;
malakali investorlarning investisiya hissalarini jamlashda investisiyaviy munosabatlar sub’ektlariga shartnomaviy erkinlik berish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 maydagi 414-son qarori bilan tasdiqlangan Investisiya va boshqaruv kompaniyalari faoliyati to‘g‘risida nizomning2-bandi 5-xatboshisini tayyorlashda foydalanilgan(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021 yil 2 martdagi 12/21-10-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi venchur fondlari va xususiy investisiya fondlari tashkil etilishi va faoliyat yuritishiga, investisiyaviy jarayonlarda malakali investorlarning faollashuviga xizmat qilgan;
investisiya fondlari, investisiya kompaniyalari va boshqaruvchi kompaniyalarning faoliyatida davlat regulyatorlik funksiyasi Kapital bozorini rivojlantirish Agentligi tomonidan amalga oshirilishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 avgustdagi 650-son Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi to‘g‘risida nizomning 2-bandi ishlab chiqishda inobatga olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021 yil 2 martdagi
12/21-10-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi investisiya fondlari faoliyatini yagona regulyator orqali nazorat qilishga xizmat qilgan.