Baratov Baxtiyor Nusratovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ochiq konchilik ishlari portlatish quduqlarini burg‘ulash uchun uch sharoshkali dolotolarni kinematik parametrlarini takomillashtirish», 04.00.16 – Konchilik mashinalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T1078.
Ilmiy rahbar: Toshov Javoxir Burievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.T.98.01.
Rasmiy opponentlar: Raxutin Maksim Grigor`evich, texnika fanlari doktori, professor; Muminov Rashid Olimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent;
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: burg‘ulash asboblarining kinematik ko‘rsatkichlarini optimallashtirishga qaratilgan dasturiy ta’minot asosida uch sharoshkali burg‘ulash dolotosining geometrik parametrlarini aniqlash uslubiyotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nazariy mexanika qoidalari asosida burg‘ulash dolotasi kinematik ko‘rsatkichlarini optimallashtirish, aniqlash va tanlashning yo‘llari takomillashtirilgan;
burg‘ulash dolotasi tishlarining harakatiga qarshilik ko‘rsatkichlarini yuqori darajasini hisobga olgan holda tezligini, nisbiy hajm ishlarini aniqlash orqali uch sharoshkali burg‘ilash dolotasining geometrik ko‘rsatkichlari optimallashtirilgan;
burg‘ilash dolotasi periferiyasidagi tishlarning kontakt nuqtalari orqali bir xil qadamda tushishini hisobga olgan holda burg‘ilash qudug‘i yuzasini qoplanish darajasi aniqlangan;
burg‘ilash dolotasini loyihalashda 5 sinf bo‘yicha jihozlarni loyihalash ko‘rsatkichlari vaqt va harajatlarni 30% gacha qisqartirishga erishish uchun dinamik ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda hisoblash va konstruktorlik ishlarida foydalanishga mo‘ljallagan dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Ochiq kon ishlarida portlatish quduqlarini burg‘ulashda burg‘ulash dolotolarining kinematik ko‘rsatkichlarni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
energetik samarali uch sharoshkali burg‘ulash dolotasini yaratish metodikasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati»DK qoshidagi Geologiya-qidiruv ekspedisiyasida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 11 oktyabrdagi 02-06-07/9739-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy tishlarning sonini va edirilish ko‘rsatkichini kamayishiga, burg‘ilash dolotosining ish vaqtini 1,4-1,6 barobarga uzaytirish, doloto tanyachlarining, podshipniklarining va sharoshkalarning har xil yuklamalar bilan ishlash masalasini echish imkonini bergan;
Delphi dasturlash tilida yaratilgan dasturiy ta’minot «Navoiy kon-metallurgiya kombinati»DK qoshidagi Geologiya-qidiruv ekspedisiyasida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 11 oktyabrdagi 02-06-07/9739-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihalash va konstruktorlik ishlari 5 sinf jihozlarini loyihalashda 30% gacha vaqt va harajatlarni kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish