Maxmudov Toxirjon Olimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Moda industriyasini marketing strategiyalari asosida rivojlantirish”, 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1036.
Ilmiy maslahatchi: Akramov Toxir Aburaxmonovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Ikrom Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi moda industriyasini marketing strategiyalari asosida rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Ideal», «Fratellicasa», «Imir» korxona brendlarining ijtimoiy tarmoqlardagi faolligining samaradorlik darajasini «past» – 0<ER>100, «o‘rta» – 100<ER>500 va «yuqori» – 500<ER shkalalari asosida baholash taklif etilgan;
mahalliy hokimiyat organlari tashkiliy tuzilmasi tarkibida liboslar modasi va brendini tanituvchi «moda-dizayn» markazini tashkil etish taklif etilgan;
moda tovarlari xaridini kengaytirish, tikuv-trikotaj mahsulotlari modasiga ko‘ra iste’molchilarning ijtimoiy qatlami bo‘yicha ommalashuvini ta’minlashda past daromadli qatlamdan yuqori daromadli elita qatlamiga o‘tishi asoslangan;
tikuv-trikotaj korxonalarining bozordagi modani o‘zgaruvchan davriylik tendensiyalariga moslashuvchanligini ta’minlovchi iste’molchilarning imijini shakllantiruvchi marketingning tovar strategiyasi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Moda industriyasini marketing strategiyalari asosida rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Ideal», «Fratellicasa», «Imir» korxona brendlarining ijtimoiy tarmoqlardagi faolligining samaradorlik darajasini «past» – 0<ER>100, «o‘rta» – 100<ER>500 va «yuqori» – 500<ER shkalalari asosida baholash taklifi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasiga a’zo «Tekstil Libos» MChJ, «Imron Textile Group» XK hamda «Istiqlol Tekstil Dizayn» MChJlar faoliyatida qo‘llanilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 7 oktyabrdagi 04/19-2819-son ma’lumotnomasi). Natijada 2021 yilda «Istiqlol Tekstil Dizayn» MChJning ijtimoiy tarmoqdagi mahsulotlarining reklama namoyishi 15 foizga, ijtimoiy tarmoq blok a’zolar soni 30 foizga, savdosi hajmi 27 foizga oshgan, «Ideal» brendiga iste’molchilarning sodiqlik darajasi 25 foizga oshgan. «Tekstil Libos» MChJning ijtimoiy tarmoqdagi mahsulotlar savdosi 18 foizga, blok a’zolar soni 21 foizga hamda «Imron Textile Group» XKning ijtimoiy tarmoqdagi mahsulotlari reklama samaradorligi 15 foizga, tarmoq blok a’zolar soni 17 foizga oshgan;
mahalliy hokimiyat organlari tashkiliy tuzilmasi tarkibida liboslar modasi va brendini tanituvchi «moda-dizayn» markazini tashkil etish taklifi Namangan viloyati xokimining 2019 yil 4 fevraldagi “viloyatdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ob’ektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilash va raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida, ularga texnik texnologik, injiniring, moda-dizayn, reklama va konsal`ting xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida” 53-sonli qarorida o‘z aksini topgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi Namangan viloyati filialining 2021 yil 5 maydagi HB39-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish natijasida «Istiqlol Tekstil Dizayn» hamda «Tekstil Libos» ma’suliyati cheklangan jamiyatlarining savdo va “Shou rum” maydonlari tashkil etilgan. 2021 yilda ko‘rgazma maydoniga 100 dan ortiq liboslar joylashtirildi, «Istiqlol Tekstil Dizayn» MChJning “Ideal” brendining qiymati 1,8 foizga, «Tekstil Libos» MChJning “Imir” brendi qiymati 2,9 foizga oshgan;
moda tovarlari xaridini kengaytirish, tikuv-trikotaj mahsulotlari modasiga ko‘ra iste’molchilarning ijtimoiy qatlami bo‘yicha ommalashuvini ta’minlashda past daromadli qatlamdan yuqori daromadli elita qatlamiga o‘tishi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 5 oktyabrdagi “Fashion Inkubator Tashkent” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qarorida o‘z aksini topgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 7 oktyabrdagi 04/19-2819-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida 2021 yilda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasiga a’zo «Istiqlol Tekstil Dizayn» MChJning iste’molchilarning elita qatlamida shakllangan assortimenti tarkibiga 10 dan ortiq mahsulot turlari, «Tekstil Libos» MChJ va «Imron Textile Group» XKlarning 15 dan ortiq mahsulot turlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan va iste’mol bozori kengaytirishga erishilgan;
tikuv-trikotaj korxonalarining bozordagi modani o‘zgaruvchan davriylik tendensiyalariga moslashuvchanligini ta’minlovchi iste’molchilarning imijini shakllantiruvchi marketingning tovar strategiyasidan foydalanish bo‘yicha taklifi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 5 oktyabrdagi “Fashion Inkubator Tashkent” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qarorida o‘z aksini topgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 7 oktyabrdagi 04/19-2819-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Istiqlol Tekstil Dizayn» MChJning yangi dizaynidagi tovarlari savdosi 10 foizga, «Tekstil Libos» MChJning mahsulotlari savdosi 5,7 foizga oshgan.