Purxanov Yusupbay Elmuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘istonda pedagogik fikrlar taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped1082.
Ilmiy rahbar: Aleuov Userbay, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01
Rasmiy opponentlar: Choriev Irgash Turaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘istonda pedagogik fikrlar rivojining ustuvor yo‘nalishlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘istonda pedagogik fikrlar rivojining ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlari (omillari, bosqichlari, mazmuni) milliy identiklikka ustuvorlik berish orqali etnopedagogik vositalarni retroinnovatsiya ko‘rinishida loyihalash, milliy o‘zlikning anglanishiga xizmat qiluvchi edukologik fenomenlarning zamonaviy nuqtai-nazarlar bilan integrallashuv darajasi barqarorligini hisobga olish orqali asoslangan;
eksperimental va innovatsion faoliyatga asoslangan pedagogik fikrlar rivojining etnopedagogik, komparativistik (chog‘ishtirma), antropologik, akmeologik, andragogik jihatlari istoriografiyaning vorisiylik, ob’ektivlik, amaliy yo‘naltirilgan tendensiyalariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
Qoraqalpog‘istonda pedagogik fikrlar rivojining prognostik modelini protsessual-amaliy komponenti tadqiqiy pedagogikani vertikal va gorizontal yo‘nalishda boyitib borishga asoslangan izlanishli faoliyat bilan uzviyligini nazariya va amaliyotning praksiologik produktivligi identivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
Qoraqalpog‘istonda pedagogik fikrlar rivojining istiqbolli yo‘nalishlari (kognitiv, shaxsiy-insonparvarlik, ijtimoiy-pedagogik, madaniy-antropologik) sotsiotsentrik va antropotsentrik qadriyatlarning ta’lim-tarbiyaning fenomenologik, texnokratik, ezoterik paradigmalari bilan bevosita va bilvosita aloqadorligini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘istonda mustaqillik yillarida pedagogik fikrlarning rivojlanishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpog‘istonda pedagogik fikrlar rivojining ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlarini milliy identiklikka ustuvorlik berish orqali etnopedagogik vositalarni retroinnovatsiya ko‘rinishida loyihalash, milliy o‘zlikning anglanishiga xizmat qiluvchi edukologik fenomenlarning zamonaviy nuqtai-nazarlar bilan integrallashuv darajasi barqarorligini hisobga olish orqali asoslashga doir taklif va tavsiyalardan pedagogika ta’lim sohasi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2020 yil 23 oktyabrdagi 89-03.4175-son ma’lumotnomasi). Natijada, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida Qoraqalpog‘istonda pedagogik fikrlarning rivojlanishini o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
eksperimental va innovatsion faoliyatga asoslangan pedagogik fikrlar rivojining etnopedagogik, komparativistik, antropologik, akmeologik, andragogik jihatlarini istoriografiyaning vorisiylik, ob’ektivlik, amaliy yo‘naltirilgan tendensiyalariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirish, Qoraqalpog‘istonda pedagogik fikrlar rivojining prognostik modelini protsessual-amaliy komponentini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi 1059-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2020 yil 23 oktyabrdagi 89-03.4175-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida “Tarbiya fanini o‘qitish texnologiyasi” fanini o‘qitishning metodik ta’minotini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘istonda pedagogik fikrlar rivojining istiqbolli yo‘nalishlarini sotsiotsentrik va antropotsentrik qadriyatlarning ta’lim-tarbiyaning yetakchi paradigmalari bilan bevosita va bilvosita aloqadorligini hisobga olish asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan №2A1-XT-0-92997 “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” (2012-2014 yy.) mavzusidagi amaliy loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2020 yil 23-oktyabrdagi 89-03.4175-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy-pedagogik g‘oyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan.