Islomova Hafiza Azamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “10-11-sinf o‘quvchilarida badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 - «Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi» (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2250.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Abduvalitov Ergash Buranevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Mamatova Gulshan Amankulovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 10-11-sinf o‘quvchilarida badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda badiiy asarlarni tahlil qilish kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi adabiyotlar bilan ishlashga aqliy-ijodiy yondashuv, adabiyot fanini o‘rganishning V1 va V1+ darajasidagi xalqaro baholash dasturlarini milliy qardiyatlarga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda badiiy asarlarni tahlil qilish modeli taqqoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish bosqichlarini ijodiy, ob’ektiv, sub’ektiv hamda pedagogik omillar ta’sir darajasiga milliy va madaniy jihatdan identiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasini rivojlantirish jarayoni bosqichlari o‘quvchilarning matn, tasvir, mul`timediali o‘quv materiallari, o‘quv motivlarini vertikal va gorizontal aloqalarga sub’ektiv interpretatsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda badiiy asarlarni tahlil etish moduli shaxsiy-kasbiy fazilatlarini strategik rejalashtirish, maqsadlarni prognozlashtirish, mashg‘ulotning texnologik xaritasini yaratish kabi didaktik jarayonlarni muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarda badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasini shakllantirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maktab o‘quvchilarida badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini ta’lim sifatiga quyiladigan adabiyot fanini o‘rganishning V1 va V1+ darajalarini o‘quv adabiyotlar bilan ishlashga ijodiy yondashuv, o‘zini o‘zi baholash mezonlariga optimallashtirishga oid takliflardan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida modulli o‘qitish jarayonini texnologik ta’minlash mexanizmlari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda amalda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 30 avgustdagi 02-07-2177/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab adabiyot darslarida o‘quvchilarning badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyalarini rivojlantirishning falsafiy-estetik, psixologik-pedagogik imkoniyatlarini tahlil etish imkoni oshirilgan;
adabiyot darslarida 10-11-sinf o‘quvchilari bilan badiiy asarni tahlil qilish modelini o‘quvchilar o‘rtasida badiiy asarlarni taqqoslash ko‘nikmalarini shakllantirishning asosiy bosqichlari va usullari, syujet va kompozisiya, ijodiylik, uzviylik va uzluksizlik tamoyillarini kommunikativ fikr muhitini tashkillashtirib, o‘zaro integratsiyalashga oid takliflardan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 30 avgustdagi 02-07-2177/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, badiiy asarlarni o‘rganishda tahlil usullaridan foydalanishning metodik jihatlarini takomillashtirishga erishilgan;
badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasini rivojlantirish bosqichlari, o‘quvchilarning matn, tasvir, mul`timediali o‘quv materiallarini, o‘quv motivlarini vertikal va gorizantal aloqalarga interpretatsiya qilishga oid takliflardan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida modulli o‘qitish jarayonini texnologik ta’minlash mexanizmlari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 30 avgustdagi 02-07-2177/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasini shakllantirish imkoniyati kengaytirilgan;
adabiyot darslarida o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini (mantiqiyligi, izchilligi va aniqligi, ravonligi, uzviyligi) adabiy ta’limning didaktik imkoniyatlari, o‘quvchilarni badiiy asarni tahlil qilish faoliyatiga bosqichma-bosqich yo‘naltirish asosida takomillashtirishga oid takliflardan OT-F1-118 “Bo‘lajak o‘qituvchilarning zamonaviy axborot kompetentligini rivojlantirish tamoyillarini tadqiq etish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 30 avgustdagi 02-07-2177/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.