Abdullaeva Nargiza Abdullaevaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ergonomik yondashuv asosida talabalarning pedagogik faoliyatiga tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogik nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1896.
Ilmiy rahbar: Ruzmetova Xilola Abdushoripovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasi nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Laylo Tolibjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Usta-Azizova Dilnoza Axrarovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ergonomik yondashuv asosida talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsion ta’lim sharoitida pedagogik-ergonomik muhit o‘quvchilarning matnni idrok etishining amaliyligi, gap shakllantirish mahorati hamda axloqiy-obrazlilik va kelajakka yo‘nalganlik, xavfsizlik va qulaylik tamoyillari asosida aniqlashtirilgan;
ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi individuallik, jozibadorlik kabi pedagogik-ergonomik komponentlar kasbiy faoliyatga refleksif moslashtirish, shaxsiy kompetentlikka milliy qadriyatli-mazmunli yondashish, diagnostik loyihalash jarayonlariga pedagogik hamkorlik tamoyilini kiritish asosida aniqlangan;
talabalarni pedagogik ergonomik faoliyatga tayyorlash jarayoni psixologik va antropologik yondashuvlarni qiyosiy pedagogik talqin qilish hamda ta’lim muhitining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan funksional, tashkiliy didaktik-modulli topshiriqlarni sur’at va darajalarga qarab kiritish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni pedagogik-ergonomik faoliyatga tayyorlash modeli umumlashgan-predmetli hamda algoritmli-variativ topshiriqlarni funksional-ob’ektiv va faoliyatli-sub’ektiv xususiyatlari o‘zgargan turmush sharoitlari hamda yangi ijtimoiy aloqalarga differensial adaptivlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogik jarayonni innovatsion texnologiyalar vositasida pedagogik-ergonomik jihatdan takomillashtirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
talabalarni pedagogik-ergonomik faoliyatga tayyorlash modeli pedagogik, psixologik va ergonomik yondashuvlarning sintezini pedagog – ta’lim oluvchi – innovatsion texnologiyalar – ta’lim muhiti omillari majmui bilan optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 6 oktyabrdagi 02-07-2777/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalar o‘zlariga to‘g‘ri mutaxassislik tanlagan va talabalarning kompyuter bilan ishlash, unga bo‘lgan adaptatsiyasi va ularning kompyuterlik bilim faoliyati rivojlangan;
ergonomik ta’lim sharoitlari innovatsion ta’lim muhitini ergonomik modellashtirishga pedagoglarni moslashtirish va kasbiy kompetentlikga ergonomik yondashuv imkoniyatlarini diagnostik loyihalash asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 6 oktyabrdagi 02-07-2777/04-son dalolatnomasi). Natijada, pedagoglarning ergonomik jihatidan innovatsion faoliyati rivojlangan;
talabalarni pedagogik-ergonomik faoliyatga tayyorlash mexanizmlari axborot – predmetli muhit sifatini va pedagog faoliyatini kulayligini ta’minlash hamda o‘zini kasbiy-ijodiy rivojlantirish, o‘zini anglash jarayonlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 6 oktyabrdagi 02-07-2777/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalar o‘zlarining mutaxassisligini to‘g‘ri tanlagan va talabalarning ergonomik jihatidan innovatsion bilim olish faoliyati rivojlangan;
ta’lim jarayonida “ergonomik yondashuv” tushunchasi tamoyillarini inson omilining ustuvorligi (ta’lim muhitining qulayligi, yaxlitligi, ta’lim jarayonining texnologik samaradorligi, ta’lim vositalarining o‘zgaruvchanligi, o‘z-o‘zini rivojlantirishning uzluksizligi, talabalarning ijodiy sifatda o‘zini o‘zi anglash) ta’limni kompyuterlashtirish va ergonomik parametrlarni bashoratli birlashtirish asosida ishlab chiqishga oid takliflar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 6 oktyabrdagi 02-07-2777/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning tayyorlash jarayonining samaradorligi oshgan.