Mamadjanova Nozima Adxamovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf ingliz tili ta’limi jarayonida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash malakalarini shakllantirish metodikasi” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped969.
Ilmiy rahbar: Uluxujaev Narzullo Ziyoviddinovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.  
Rasmiy opponentlar: Uluqov Nosirjon Muxammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf ingliz tili ta’limi jarayonida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash malakalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tili o‘rgatish jarayonlarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlash malakalarini shakllantirishning psixologik-pedagogik omillari ta’lim oluvchilarning tanqidiy-tahliliy tafakkur qilishlariga yo‘naltirilgan faoliyatli, refleksiv va kommunikativ motivatsion komponentlarini belgilash orkali aniklashtirilgan;
boshlang‘ich sinf ingliz tili darslarida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash malakalarini shakllantirishning texnologiyalari o‘qitish mazmunining didaktik yo‘naltirilganligi, nutqiy faoliyatning barcha turlarini rivojlantirish tamoyillari bilan uyg‘unligi va maqbulligini metodik jihatdan uzviy ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
ingliz tili ta’limi jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tanqidiy fikrlash malakalarini shakllantirishning didaktik modeli o‘quv topshiriqlarini bosqichma-bosqich va intensiv bajarish samaradorligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan; 
boshlang‘ich sinf ingliz tili darslarida o‘quvchilarni tanqidiy fikrlashga o‘rgatish jarayonida axborotni idrok etish, maqsadga intilish, fikrlarni rejalashtirish, xatolarni to‘g‘irlashga tayyorlik, to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida rolli-o‘yinli mashqlardan foydalanishning mahsuldor usullari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf ingliz tili darslarida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
ingliz tili o‘rgatish jarayonlarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlash malakalarini shakllantirishning psixologik-pedagogik  omillari ta’lim oluvchilarni tanqidiy-tahliliy tafakkur qilishga yo‘naltiruvchi faoliyatli, refleksiv va kommunikativ motivatsion komponentlarini belgilash orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tanqidiy fikrlash malakalarini rivojlantirishda o‘yinli mashqlardan foydalanish” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 89-03-4302-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf ingliz tili fani o‘qituvchilarining tanqidiy baholash va fikrlashni o‘rgatishga oid kompetensiyalari takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf ingliz tili darslarida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash malakalarini shakllantirishning texnologiyalari o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olish, o‘qitish mazmunini didaktik yo‘naltirilganligi, nutqiy faoliyatning barcha turlarini rivojlantirish  tamoyillari bilan uyg‘unligi va maqbulligini metodik jihatdan uzviy ta’minlash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish dasturi” doirasida amalga oshirilgan hamda “Umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2020 yil 25 dekabrdagi 01/11-02/02-1596-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning ingliz tilini o‘rganishda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishning samaradorligi ta’minlangan;
ingliz tili ta’limi jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tanqidiy fikrlash malakalarini shakllantirishning didaktik modeli mustaqil, kreativ, analitik fikrlashga yo‘naltirilgan o‘quv topshiriqlarini bosqichma-bosqich va intensiv bajarish samaradorligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir takliflaridan 2021-2022-o‘quv yilida yaratilgan umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf ingliz tili darsligi va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2020 yil 25 dekabrdagi 01/11-02/02-1596-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim va boshlang‘ich ta’limda xorijiy tillarni o‘rgatish metodikasi takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf ingliz tili darslarida o‘quvchilarni tanqidiy fikrlashga o‘rgatish jarayonida axborotni idrok etish, maqsadga intilish, fikrlarni rejalashtirish, xatolarni to‘g‘rilashga tayyorlik, to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida rolli-o‘yinli mashqlardan foydalanishning mahsuldor usullarini aniqlash bo‘yicha  ishlab chiqilgan metodik tavsiyalardan A-5-37 “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan mul`timediali intellektual o‘yinlar” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 89-03-4302-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim va boshlang‘ich ta’limda xorijiy tillarni o‘rgatish metodikasi takomillashtirilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish