Mel`ziddinov Ruslan Adxamovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘yinlararo siklda malakali futbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1850.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped 28.01.
Ilmiy rahbar: Iseev Shamil` Tagirovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor;
Rasmiy opponentlar: Koshbaxtiev Ildar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Akramov Jasur Anvarovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘yinlararo sikllarda malakali futbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malakali futbolchilarni maxsus jismoniy tayyorgarligi innovatsion kompyuter texnologiyalari yordamida “Stabilan 01-2” qurilmasida neyrodinamik xususiyatlar, “StabMed 2.0” dasturi va “Polar Team Pro”da energiya va harakat tizimi ta’minoti,“SZMR-3”da murakkab vizual-motor reaksiyasi tezligini baholash usuli bilan aqliy komponent ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida aniqlash hisobiga o‘yinlararo sikllarda mashg‘ulot yuklamalarini korreksiyalash imkoniyati kengaytirilgan;
malakali futbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib, anaerob-alaktat, anaerob-glikolitik va aerob yo‘nalishlardagi mashg‘ulot yuklamalarini o‘yinlararo sikllarda takomillashtirish uchun rivojlantiruvchi hamda yondashtiruvchi mashqlarning o‘yinchilarning qayta tiklanish tezligi bo‘yicha ratsional tuzilishini ishlab chiqish hisobiga asosiy musobaqalarga tayyorlash imkoniyati kengaytirilgan;
mashg‘ulot yuklamalari asosiy komponentlarining psixofiziologik – sezgirlik tezligi, turli mushak guruhlarining maksimal kuchi, ko‘rish analizatori funksiyalari, texnik-taktik – to‘pni egallash vaqti, turli masofalarda to‘p uzatishlar aniqligini oshirish uchun funksional va jismoniy tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib, maksimal shiddatda otilib chiqishlar bilan bajarildigan«Yo-Yo»nazorat testini kiritish hisobiga shiddatli yuklamalarni oshirish uslubiyati takomillashtirilgan;
malakali futbolchilarda katta hajmdagi maxsus ishlarni talab qiluvchi funksional bazani shakllantirish darajasidan kelib chiqib, tayyorgarlik davri uchun musobaqaga oid mikrotsikllarda jalb qiluvchi siklni qisqa muddat bo‘yicha mashg‘ulotga kiritish hisobiga musobaqa davriga yaqinlashish bilan maxsus ixtisoslashtirilgan mashqlarni solishtirma miqdorini oshirish imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘yinlararo sikllarda futbolchilarning mahsus jismoniy tayyorgarligini oshirish metodikasini qo‘llash bo‘yicha nazariy va amaliy tavsiyalar asosida:
innovatsion kompyuter texnologiyalaridan foydalanib, malakali futbolchilarni maxsus jismoniy va funksional imkoniyatlarini aniqlash hisobiga o‘yinlararo sikllarda mashg‘ulot yuklamalarini korreksiyalash bo‘yicha taklif va tavsiyalarO‘zbekiston U-23 terma jamoasi futbolchilarining mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 24 maydagi 04-07-08/1690-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston U-23terma jamoasi o‘yinchilarining o‘yin jarayonidagi texnik-taktik harakatlari  samaradorligi oshirilgan (12%) hamda olimpiya siklining saralash o‘yinlari turnirida chorak finalga yo‘llanma olingan;
malakali futbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib turli yo‘nalishlardagi mashg‘ulot yuklamalarini o‘yinlararo siklda takomillashtirish uchun rivojlantiruvchi hamda yondashtiruvchi mashqlarni bajarishda o‘yinchilarning qayta tiklanish tezligi bo‘yicha ratsional tuzilishi ishlab chiqilgan va “Bunyodkor” professional futbol klubining o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga joriy qilingan (“Bunyodkor” professional futbol klubining 2019 yil 20 dekabrdagi 1985/26-03 raqamli dalolatnomasi). Natijada, “Bunyodkor” professional futbol klubi 2019 yilgi O‘zbekiston superliga chempionatida uchinchi o‘rinni egallagan;
“Yuqori malakali futbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi darajasini takomillashtirish dasturi”ni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston U-23terma jamoasining o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligini 2021 yil 24 maydagi 04-07-08/1690-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, futbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi darajasi 12 %ga oshgan.
malakali futbolchilarda katta hajmdagi maxsus ishlarni talab qiluvchi funksional bazani shakllantirish darajasidan kelib chiqib, tayyorgarlik davri uchun musobaqaga oid mikrotsikllarda jalb qiluvchi siklni qisqa muddat bo‘yicha mashg‘ulotga kiritish bo‘yicha takliflar “Bunyodkor” professional futbol klubining o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 24 maydagi 04-07-08/1690-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, futbolchilarning ishchanlik qobiliyati darajasi 18%ga oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish