Isomiddinov Azizbek Abdumajidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlar intellektual salohiyatini oshirishning ijtimoiy-madaniy omillari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fa363.
Ilmiy rahbar: Mamatov Mamadjon Ahmadjonovich, falsafa fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: Qahhorova Matlyuba Manafovna, falsafa fanlar doktori, professor; Ramatov Jumaniyoz Sultonovich, falsafa fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlar intellektual salohiyatini oshirishning ijtimoiy-madaniy omillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qobiliyat, fikr yuritish usul va vositalarining borliqqa munosabat va milliy-madaniy qadriyatlarning zamonaviy ontologik tendensiyalar bilan uyg‘unlashishi natijasida shaxs intellektual salohiyatining shakllanib borishi aniqlangan;
intellektual salohiyat shaxs dunyoqarashining namoyon bo‘lish shakli ekanligi aniqlanib, uning aholining turli qatlamlarining ehtiyojlarini qondirish, muloqot va bilim egallash vositasi sifatidagi falsafiy mohiyati ochib berilgan;
yoshlardagi intellektual salohiyatning ijobiy dinamikasi innovatsion tafakkur, kreativ yondashuv va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari tafakkur tarzining konservativ hamda nigilistik shakllariga nisbatan ustuvor bo‘lishi natijasida shakllanishi asoslab berilgan;
ma’rifat va ilmiy bilish hamda faol fuqarolik pozisiyasi kabi qadriyatlarni shakllantirish yoshlar intellektual salohiyatining oshib borishining ijtimoiy-madaniy omili ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlar intellektual salohiyatini oshirishning ijtimoiy-madaniy omillari bo‘yicha ilmiy asosda ishlab chiqilgan takliflar asosida:
qobiliyat, fikr yuritish usul va vositalari, borliqqa munosabat va madaniy qadriyatlarning zamonaviy ontologik tendensiyalar bilan uyg‘ulashishi natijasida shaxs intellektual salohiyatining shakllanishi sifatidagi yangiliklaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi majlisining 2021 yil yanvardagi O‘zbekiston Respublikada 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishiga oid «Yoshlarda sog‘lom dunyoqarash, jumladan, kitobxonlik ko‘nikmasini shakllantirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, ularda axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish chora-tadbirlari» 34-bandi Internet maydonida ichki va tashqi tahdidlarga qarshi samarali kurashishni ta’minlash maqsadida markaz xodimlari va «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari uchun «Internet maydonidagi ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi kurashishning usullari» mavzusida turkum hududiy va masofaviy o‘quv jarayonlari tashkil etish hamda targ‘ibot ishlarini amalga oshirishda va yoshlarda mafkuraviy targ‘ibotni kuchaytirishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat Kengashi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 4 avgustdagi 02/08-893-son dalolatnomasi). Tadqiqot natijasi uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasining amaliyotga joriy etilishi hamda «Besh tashabbus» loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
intellektual salohiyati shaxs dunyoqarashining namoyon bo‘lish shakli ekanligi aniqlangan va uning aholining turli qatlamlarining ehtiyojlarini qondirish, muloqot va bilim egallash vositasi sifatidagi falsafiy mohiyati oid qarashdaridan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Farg‘ona viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhining 2021 yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari ijrosi bo‘yicha ish rejasini tuzishda, jumladan, hududiy dasturning IV-bo‘lim «Barkamol, erkin, kuchli va jasur yoshlar – jamiyat tayanchi, kelajagimiz bunyodkorlari» deb nomlangan 5-bandi ijrosini ishlab chiqishda samarali foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar Harakati O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengash ijroiya qo‘mitasining 2021 yil 4 noyabrdagi 01-27/875-son ma’lumotnomasi). Natijada faol yoshlarning intellektual madaniyatga nisbatan ijobiy munosabatining shakllanishi, yoshlar o‘rtasida kelajagimiz bunyodkorlarining etishib chiqishiga xizmat qilgan;
yoshlardagi intellektual salohiyatining ijobiy dinamikasi innovatsion tafakkur, kreativ yondashuv va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarining tafakkur tarzining konservativ hamda nigilistik shakllariga oid xulosalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi 2021 yil 29 noyabrdagi 06-06/3-1680-son ma’lumotnomasi). Natijalar amaliyotga joriy etilishi yoshlar intellektual salohiyatini tarbiyaviy jihatlariga nisbatan ijobiy munosabatning shakllanishi, yoshlar o‘rtasida intellektual faollikni yanada ortishiga xizmat qilgan.