Pulatova Saboxat Usmanovna
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Agrosanoat kompleksi ishchilari uchun maxsus kiyimni loyihalash metodologiyasi va ishlab chiqishning samarali texnologiyasini yaratish”, 05.06.04–“Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/T347
Ilmiy maslahatchi: Tashpulatov Salix Shukurovich, texnika fanlari doktori,professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik–texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muxandislik–texnologiya
instituti, PhD.03/29.10.2021.T.101.03
Rasmiy opponentlar: Alimova Xalima Alimovna, texnika fanlari doktori, professor
Aripdjanova Dilafruz Uktamovna, texnika fanlari doktori, professor., Xoliqov Qurbonali Madaminovich, texnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi iqlimiy sharoitlar, ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari ta’sirini hisobga olgan holda agrosanoat ishchilari maxsus kiyimini loyihalash metodologiyasi va ishlab chiqishni samarali texnologiyasini yaratishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
issiq havo muhiti va maxsus kiyim yupqa qatlami orasidagi issiqlik almashinuv jarayonlarining matematik modeli va nazariy jihatdan echish usullari ishlab chiqilgan;
ekspluatatsion yuklamalar ta’sirida maxsus kiyim detallarining ipli birikmalarining emirilishini tahlili asosida teng quvvatli ipli birikmalar nazariyasi ishlab chiqilgan;
mehnat jarayonida ishchilar harakatlari erkinligini ta’minlaydigan milliy an’analar va zamonaviy talablarni o‘zida mujassam etgan «eng-o‘miz» konstruktiv tugunining ratsional konstruktiv echimi ishlab chiqilgan;
maxsus kiyimni konstruktiv parametrlarining tashqi dinamik moslik ko‘rsatkichlariga bog‘liqligining regressiya tenglamalari va matematik modellari asosida optimal konstruktiv parametrlar aniqlangan;
maxsus kiyim choklarining mustahkamligini ta’minlovchi detallariga ishlov berishning samarali texnologiyasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Agrosanoat kompleksi ishchilari uchun maxsus kiyimlarning ratsional konstruksiyasi va ishlab chiqishning samarali texnologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
maxsus kiyimi komplektlari (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining sanoat namunasiga patenti №SAR 01949, 2019y., № SAP 02096, 2021 y. va Rossiya Federatsiyasi Intellektual mulk federal xizmatining RU №2723334S1-sonli ixtiroga patenti, 2020 y., №1632412 - sonli ixtiroga mualiflik guvohnomasi, 1991 y.) va ularning konstruktorlik-texnik hujjatlari paketi «O‘zto‘qimachiliksanoat» Uyushmasi tasarrufidagi tikuvchilik korxonalarida, jumladan, «Al-Hakim Plus» MChJ, «Shofirkon Ekvatorial Teks» MChJ, «Okean-LyukS» MChJ (Buxoro sh.), «Azr-Textile Group» MChJ (Toshkent sh.) korxonalarida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» Uyushmasining 2021 yil 24 noyabrdagi 03/14-3255-sonli ma’lumotnomasi). Natijada moddiy resurslarni tejash va ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish asosida ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga nisbatan mehnat unumdorligi 14 % gacha oshgan hamda agrosanoat kompleksi ishchilari sifatli maxsus kiyim bilan ta’minlangan.