Salimov Sherzod Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirish”, 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1856.
Ilmiy maslahatchi: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Samadov Asqarjon Nishonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqiishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnoparklar negizidagi rezidentlar uchun imitatsion ob’ektlarni samarali tanlash platformasini joriy etish orqali kichik biznes korxonalari innovatsion faolligini oshirish taklifi asoslangan;
texnoparklar faoliyati samaradorligini baholashda kichik biznes korxonalari uchun taqdim etilgan turli ko‘rinishdagi imtiyozlar, byudjetga tushumlar va sof moliyaviy natijaning keltirilgan qiymatini hisobga olish taklifi asoslangan;
ilmiy g‘oya va innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etishda hududlardagi texnoparklarda zarur iqtisodiy va ilmiy-texnik resurslar mavjudligining turli darajasida asosiy (bosh) va ishtirokchi (quyi) texnoparklar tarmog‘i doirasida g‘oya va natijalarning o‘zaro transfertini yo‘lga qo‘yish orqali faoliyat samaradorligini ta’minlash taklif etilgan;
kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish asosida innovatsion mahsulot ishlab chiqarish hajmining 2024 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda kichik biznes korxonalarini faoliyatini innovatsion rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
texnoparklar negizidagi rezidentlar uchun imitatsion ob’ektlarni samarali tanlash platformasini joriy etish orqali kichik biznes korxonalari innovsion faolligini oshirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan Investisiyalarni jalb qilish va innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishga oid dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 6 oktyabrdagi 11/03-15-8238-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Yashnobod“ innovatsion texnoparkida imitatsion ob’ektlarning samarali tanlash hamda innovatsion faolligini oshishiga imkon yaratilgan;
texnoparklar faoliyati samaradorligini baholashda kichik biznes korxonalari uchun taqdim etilgan turli ko‘rinishdagi imtiyozlar, byudjetga tushumlar va sof moliyaviy natijaning keltirilgan qiymatini hisobga olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Yashnobod” innovatsion texnoparki faoliyati samaradorligini baholashda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 6 oktyabrdagi 11/03-15-8238-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Yashnobod” innovatsion texnoparki faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ilmiy g‘oya va innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etishda hududlardagi texnoparklarda zarur iqtisodiy va ilmiy-texnik resurslar mavjudligining turli darajasida asosiy (bosh) va ishtirokchi (quyi) texnoparklar tarmog‘i doirasida g‘oya va natijalarning o‘zaro transfertini yo‘lga qo‘yish orqali faoliyat samaradorligini ta’minlash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan Investisiyalarni jalb qilish va innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishga oid dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 6 oktyabrdagi 11/03-15-8238-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida texnoparklarning innovatsion faoliyati samaradorligi hamda innovatsion mahsulotlar ishlab chiarish hajmini oshirish imkoni yaratilgan;
kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish asosida innovatsion mahsulot ishlab chiqarish hajmining istiqbolga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan Investisiyalarni jalb qilish va innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishga oid dasturlarni ishlab chiqish (Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 6 oktyabrdagi 11/03-15-8238-son ma’lumotnomasi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining qonun ijodkorligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2021 yil 28 sentyabrdagi 04/1-162-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida mamlakatda kichik biznes korxonalari tomonidan istiqbolda innovatsion faoliyatni rivojlantirishning asosiy parametrlarini yanada aniqlashtirish imkoni yaratilgan.