Sobirov Azizbek Avazbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Meva-sabzavot mahsulotlari savdosida marketing faoliyatini takomillashtirish”, 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1037.
Ilmiy maslahatchi: Fattaxov Adxamjon Azizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Boltabaev Mahmudjon Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Madiyarov G‘ofurjon Ahmadjonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: meva-sabzavot mahsulotlari savdo marketing faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
meva-sabzavot mahsulotlari savdosida ishtirok etuvchilarning mahsulot yalpi hosili, tannarxi va xarajatlari munosabatlarida yakuniy iste’molchilarga qo‘shimcha qiymat yaratish asoslangan;
meva-sabzavot mahsulotlari bozorida etishtiruvchi, ulgurji va chakana savdo korxonalarining iqtisodiy samaradorligini baholash davriy qiymat o‘lchovini kiritish asosida takomillashtirilgan;
meva-sabzavot mahsulotlari savdosida ishtirok etuvchi xo‘jalik sub’eklari munosabatlarini “mijoz bilan munosabatlar davomiyligi”, “mijoz buyurtmasi takrorlanish soni” va “ma’lum vaqt davomida jami buyurtmalar hajmi” mezonlariga ko‘ra hamkorlik munosabatlarini “past” – (1,6-5,0); “o‘rta” – (5,1-6,6); “yuqori” – (6,7-8,4) oraliqlarda baholash taklif etilgan;
Farg‘ona viloyatida etishtirilayotgan meva-sabzavotlar chakana savdo aylanmasining iste’molchilarga qo‘shimcha qiymat yaratishi, davriy qiymat o‘lchovini kiritishi hamda o‘zaro munosabatlarini baholashning 2025 yilgacha bo‘lgan prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Meva sabzavot mahsulotlari marketingida savdo faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
meva-sabzavot mahsulotlari savdosida ishtirok etuvchilarning mahsulot yalpi hosili, tannarxi va xarajatlari munosabatlarida yakuniy iste’molchilarga qo‘shimcha qiymat yaratish taklifi Farg‘ona viloyatidagi meva-sabzavot mahsulotlari etishtiruvchi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 26 oktyabrdagi 11/05-15-8997-son va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 04 noyabrdagi 05/032-4493-son ma’lumotnomalari). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Farg‘ona viloyatida meva-sabzavot mahsulotlari etishtiruvchi va ularni qayta ishlovchi korxonalarning marketing va tashish xarajatlarini 2,1 foizga kamaytirishga erishilgan;
meva-sabzavot mahsulotlari bozorida etishtiruvchi, ulgurji va chakana savdo korxonalarining iqtisodiy samaradorligini baholash davriy qiymat o‘lchovini kiritish asosida takomillashtirish taklifi Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida faoliyat yuritayotgan bog‘dorchilik ho‘jaliklari, chakana va ulgurji savdo korxonalari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 26 oktyabrdagi 11/05-15-8997-son va O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 04 noyabrdagi 05/032-4493-son ma’lumotnomalari). Ilmiy yangilikning joriy etilishi natijasida Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida faoliyat yuritayotgan «Anvarjon Adxamjon» fermer xshhjaligining savdo va logistika faoliyati bo‘yicha xarajatlari 3,6 foizga hamda, «Iskandar Javohir Invest» xususiy korxonasining savdo xarajatlarini 5,4 foizga kamaytirishga erishilgan;
meva-sabzavot mahsulotlari savdosida ishtirok etuvchi xo‘jalik sub’eklari munosabatlarini “mijoz bilan munosabatlar davomiyligi”, “mijoz buyurtmasi takrorlanish soni” va “ma’lum vaqt davomida jami buyurtmalar hajmi” mezonlariga ko‘ra hamkorlik munosabatlarini “past” – (1,6-5,0); “o‘rta” – (5,1-6,6); “yuqori” – (6,7-8,4) oraliqlarda baholash taklifi Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida faoliyat yurituvchi «Anvarjon Adxamjon» fermer xo‘jaligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 26 oktyabrdagi 11/05-15-8997-son va O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 04 noyabrdagi 05/032-4493-son ma’lumotnomalari). Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida «Anvarjon Adxamjon» fermer xo‘jaligining savdo rentabelligi 5,6 foizga oshgan.
Farg‘ona viloyatida etishtirilayotgan meva-sabzavotlar chakana savdo aylanmasining iste’molchilarga qo‘shimcha qiymat yaratishi, davriy qiymat o‘lchovini kiritishi hamda o‘zaro munosabatlarini baholashning 2025 yilgacha bo‘lgan prognozi Farg‘ona viloyati meva-sabzavot mahsulotlari bozorida ishtirok etuvchi korxonalar faoliyati bo‘yicha ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 26 oktyabrdagi 11/05-15-8997-son va O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 04 noyabrdagi 05/032-4493-son ma’lumotnomalari). Natijada Farg‘ona viloyatida korxonalarning meva-sabzavot mahsulotlarini etishtiruvchi dexqon xo‘jaliklaridan chakana savdogacha bo‘lgan bo‘g‘inlarda tranzaksiya xarajatlari 2,9 foizga pasayishi hamda ichki bozordagi meva-sabzavot mahsulotlarining bozor narxlarini 2,3 foizga pasayishi prognoz qilingan.