Suyunov Yorqin Bekmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy investisiyalar hisobi va auditini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt389.
Ilmiy rahbar: Hamdamov Bahrom Qosimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Dsc.03/10.12.2019.1.16.01
Rasmiy opponentlar: Rizaev Nurbek Qodirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatqulov Murod Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston iqtisodiyotining yetakchi sanoat korxonalari va xizmat ko‘rsatish sub’ektlarida moliyaviy investisiyalar hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moliyaviy investisiyalar tarkibida hisobga olinadigan daromad olish uchun berilgan uzoq muddatli qarzlarni hisobga olish maqsadida 0691 – «Daromad olish maqsadida berilgan uzoq muddatli qarzlar» ishchi schyotini ochish hamda 0691 schyotini amaliy qo‘llash bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalari tizimi taklif etilgan;
«O‘zbektelekom» AK korxonalarida divident hisoblashni shaffofligini ta’minlash maqsadida moliyaviy investisiyalarga dividend hisoblashning “qiymat” usuli taklif etilgan hamda tarmoq korxonalari uchun “Divident siyosati to‘g‘risida”gi nizomning namunaviy shakli ishlab chiqilgan;
«O‘zbektelekom» AKda moliyaviy investisiyalar auditini tanishuv, asosiy va yakuniy bosqichlarda o‘tkazish hamda auditorlik dalillarini olish amallari tarkibiga “taqqoslash” amalini qo‘shish orqali audit dasturini takomillashtirilgan varianti taklif etilgan;
moliyaviy investisiyalardan olinadigan daromadlarni hisobini yuritishda investisiyalarning joriy va kelgusidagi qiymatini aniqlashning ekspress-baholash shakli ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy investisiyalar hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
moliyaviy investisiyalar tarkibida hisobga olinadigan daromad olish uchun berilgan uzoq muddatli qarzlarni hisobga olish maqsadida 0691 – «Daromad olish maqsadida berilgan uzoq muddatli qarzlar” ishchi schyotini ochish taklif etildi hamda 0691 schyotini amaliy qo‘llash bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalari «O‘zbektelekom» AKning «Hisob siyosati»ga o‘zgartirishlar kiritishga oid uslubiy tavsiyalarni chiqishda foydalanilgan («O‘zbektelekom» AKning 2021 yil 24 avgusdagi 27-05-26/3583-son ma’lumotnomasi). Ushbu tasnifning kiritilishi moliyaviy investisiyalarni ularni samarali hisobga olish uchun ajratib olishga imkonini berib, natijada tashkilot mulkining haqiqiy holatini baholash uchun zarur bo‘lgan analitik ma’lumotlarga ega bo‘lish darajasini 8 foizga oshirish imkonini bergan;
aksiyadorlik jamiyatlarida divident hisoblashni shaffofligini ta’minlash maqsadida moliyaviy investisiyalarga dividend hisoblashning “qiymat” usuli taklif etilgan hamda tarmoq korxonalari uchun “Divident siyosati to‘g‘risida”gi nizomning namunaviy shakli «O‘zbektelekom» AKda qo‘llanilgan («O‘zbektelekom» AKning 2021 yil 24 avgusdagi 27-05-26/3583-son ma’lumotnomasi). Natijada, qiymat usuli qo‘llanganda, investor o‘z mablag‘ini boshqa korxonaga dastlabki qiymati bo‘yicha qo‘yishi asoslangan. Natijada tarmoqqa investorlarning soni 5 taga ko‘paygan va investisiya mablag‘lari kiritilan. Bunda investisiyalar qiymati sho‘’ba tuzilmalarning moliyaviy ahvolidan qat’iy nazar o‘zgarmaydi, ulardan olinadigan dividendlar bosh jamiyat daromadi sifatida hisobga olinishi asoslantirilgan. Ulushbay ishtirok usuli qo‘llanganda bosh jamiyat tomonidap sho‘’ba jamiyatga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazish va nazorat qilish hollarida qo‘llash tavsiya qilingan;
moliyaviy investisiyalarning jozibadorligini oshirish hamda ulardan samarali foydalanilishini nazorat qilish maqsadida moliyaviy investisiyalar auditining tanishuv (tekshirilayotgan mijoz moliyaviy investisiyalari bo‘yicha dastlabki tasavvurni shakllantirish), asosiy (moliyaviy hisobotda moliyaviy investisiyalarning to‘g‘ri aks ettirilganligiga muayayn darajada ishonch hosil qilish) va yakuniy (moliyaviy hisobotning moliyaviy investisiyalarga tegishli axborotlarni to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish) bosqichlaridao‘tkazish hamda auditorlik dalillarini olish amallari tarkibida taqqoslash amalini kiritish orqali audit dasturini takomillashtirilgan varianti taklifi amaliyotda foydalanish uchun «O‘zbektelekom» AKda qabul qilindi («O‘zbektelekom» AKning 2021 yil 24 avgusdagi 27-05-26/3583-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif auditorlar tomonidan moliyaviy investisiyalar tekshiruvini o‘tkazish jarayonida o‘z fikrini tizimli tarzda shakllantirish va o‘z navbatida, sifatli moliyaviy investisiyalar auditiga taaluqli auditorlik xulosasini tuzish imkonini bergan;
moliyaviy investisiyalardan olinadigan daromadlarni hisobga olishda diskontlangan pul oqimlari usulini qo‘llash taklif etildi hamda investisiyalarning joriy va kelgusidagi qiymatini hisoblash tasnifi bo‘yicha taklifi «O‘zbektelekom» AK ning «Hisob siyosati»ga o‘zgartirishlar kiritishga oid uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan. («O‘zbektelekom» AKning 2021 yil 24 avgusdagi 27-05-26/3583-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida aksiyalarga moliyaviy investisiyalarni baholash uchun pul oqimlarining diskontlangan usulini qo‘llash algoritmini ishlab chiqilgan va aksiyalarning bozor qiymati 1,3 foizga oshishiga olib kelgan.