Miyassarov Islombek Mag‘rip o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kal`siy, magniy xelati va natriy xlorati asosida kompleks ta’sir etuvchi defoliantlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2458.
Ilmiy rahbar: Tog‘asharov Axat Salimovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Adilova Moxira Shavkatovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida kal`siy va magniylarning kompleks tuzlarini sintezi va ular asosida yangi kam zaharli, xloratli defoliantlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dolomit hamda EDTAdan kal`siy va magniylarning xelatli birikmalarini olish jarayonining maqbul texnologik ko‘rsatkichlari aniqlanib, unga ko‘ra EDTAning konsentratsiyasi 35%, dolomitni EDTAga mol` nisbati 1:1, jarayondagi harorat 65±5 °S, kal`siy va magniylarning xelatli birikmalarini hosil bo‘lish darajasi 97.2% ligi isbotlangan;
ishlab chiqarish amaliyotidagi texnologik parametrlarni o‘rnatish uchun kal`siy va magniylarning xelatli birikmalarini reologik xossalari aniqlanib, ularni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ilk bor natriy xlorati, karbamid, kal`siy-magniy atsetati, kal`siy va kal`siy-magniy xelatlari ishtirok etgan 8ta murakkab suvli tizimlardagi komponentlarning o‘zaro ta’siri, ularning politermik eruvchanlik va «tarkib-xossa» diagrammalari qurilgan;
natriy xloratining monokarbamidi, kal`siy-magniy atsetati, kal`siy va kal`siy-magniy xelatlari asosida kompleks ta’sir etuvchi defoliantlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
olingan «MikroDEF» defoliantining tarkibi kimyoviy va fizik-kimyoviy usullar yordamida tarkibida 38,3% NaClO3, 21,64% CO(NH2)2 va 0,09% kal`siy magniy xelati saqlashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kal`siy va magniylari bo‘lgan rudadan foydalangan holda olingan kal`siy-magniyning kompleks tuzlari va kompleks ta’sirga ega defoliantlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
natriy xloratning monokarbamidi va kal`siy magniylarning kompleks tuzi asosida taklif etilgan defolianti Toshkent viloyati fermer xo‘jaliklarida keng paxta maydonlarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 28 sentabrdagi 02/025-3927-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu preparatlarni o‘rta tolali g‘o‘za navlariga 50-60% ko‘saklar ochilganda, defoliant sifatida 6,0-7,0 l/ga miqdorida qo‘llashni tavsiya etish va ko‘saklarni ochilishi 90,5% ni, barglarni to‘kilishi 87,6% ni tashkil etib, o‘simlikka yumshoq ta’siri etish imkonini bergan;
natriy xloratning karbamidi va kal`siyning kompleks tuzi asosida olingan preparati Toshkent viloyati fermer xo‘jaliklarida keng paxta maydonlarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 28 sentabrdagi 02/025-3927-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za barglarini to‘kilishini va ko‘saklarning pishib ochilishini tezlashtiruvchi defoliant, hozirda ishlatilayotgan suyuq magniy xlorat defoliantiga nisbatan paxtadan 1,8-2,5 s/ga ortiq hosil olish imkonini bergan.