Madumarov Maqsadjon Jumanovichning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekiston faunasida Daphnia (Cladocera: Daphniidae) avlodining morfo-biologik xususiyatlari va amaliy ahamiyati», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2021.1.PhD/V581.
Ilmiy rahbar: Kuchboev Abduraxim Ergashevich, biologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.B.05.06.
Rasmiy opponentlar: Shakarboev Erkin Berdiqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Nazarov Muxammadrasul Sharopovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston faunasida tarqalgan dafniya avlodining tur tarkibi, morfologiyasi, biologiyasi, molekulyar identifikatsiyasi hamda baliqchilik sohasidagi amaliy ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston suv xavzalaridagi Daphnia (Cladocera: Daphniidae) avlodi turlar tarkibi tahlil qilindi, 11 ta turlarning biologiyasi, morfologiyasi, morfometriyasi, xududlarda tarqalishi aniqlandi. Daphnia umbra turi O‘zbekiston faunasi uchun yangi tur ekanligi aniqlangan;
Daphnia avlodi turlarini identifikatsiyalash uchun aniqlagich kalitlar shakllantirilgan;
O‘zbekistonda Echinuria uncinata parazit nematodasini dafniyada rivojlanish biologiyasi ochib berilgan;
nematodalarning morfologik va morfometrik o‘lchamlari, yashash muhiti, xaroratga bo‘lgan ta’siri aniqlangan;
dafniya efippiumi bo‘yicha molekulyar-genetik tahlil o‘tkazilib, natijada Daphnia magna turining efippiumi ekanligi isbotlangan;  
O‘zbekistonda dafniyaning 3 ta turini mitoxondrial DNK 12S sohasi nukleotidlar ketma-ketligi asosida molekulyar identifikatsiya qilingan;
hayvonlarning organik o‘g‘itlari (qoramol, ot, parranda) yordamida dafniya turlarini ko‘paytirish va shu orqali baliqchilik xo‘jaliklarida baliqlar mahsuldorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston faunasida Daphnia (Cladocera: Daphniidae) avlodining morfo-biologik xususiyatlari va amaliy ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston faunasiga tegishli bo‘lgan Daphnia avlodi 8 turiga mansub 46 nusxa, 2 turga mansub 40 nusxa dafniya efippiumlar namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan “Zoologiya kolleksiyasi” noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2021 yil 11 oktyabrdagi 4/1255-2776-son ma’lumotnomasi). Natijada, mavjud kolleksiya fondini yangi namunalar bilan boyitgan va O‘zbekiston faunasida uchraydigan turlar tarkibini aniqlash, zamonaviy holatini baholash va morfologik tuzilishini aniqlash imkonini bergan;
dafniya ayrim turlarining mitoxondrial DNK 12S sohasi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlar Biotexnologik axborotlar milliy markazi Genbank bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazining 2021 yil 27 sentyabrdagi ma’lumotnomasi, NCBI). Natijada, OK236552 – Daphnia similis, OK236549 – Daphnia magna (ep), OK236550 – Daphnia magna, OK216747 – Daphnia galeata, identifikatsiya raqamlari olingan, turlarni molekulyar taksonomik va filogenetik o‘rnini asoslash imkonini bergan;
Daphnia (Cladocera: Daphniidae) avlodi turlaridan baliqlarni etishtirishda tabiiy ozuqasi sifatida foydalanish va uning biomassasini oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari baliqchilik xo‘jaliklariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 26 martdagi 02/23-551-son ma’lumotnomasi). Natijada, baliqchilik xo‘jaliklari sun’iy xovuzlarida hayvonlarning organik o‘g‘itlari (qoramol, ot, parranda) yordamida Daphnia magna, D.pulex, D.similis turlarini 100 litr suvda 250-300 gr.gacha biomassasi olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish