Madraximov Alloberdi Maxmadalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «G‘o‘za poyasidan olingan kondension yog‘och tolala to‘ldirgich va ulardan kompozision yog‘och-plastikli plitali materiallar olishning chiqindisiz texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2443.
Ilmiy rahbar: Abed Nodira Soyibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Soliev Rustamjon Xakimjonovich, texnika fanlari doktori; Ulmasov Tulqin Usmanovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy  va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘za poyasidan olingan kondension yog‘och tolala to‘ldirgich va ulardan kompozision yog‘och-plastikli plitali materiallar olishning chiqindisiz texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompozision plita materiallar uchun yog‘och tolali to‘ldiruvchilar olish maqsadida g‘o‘za poyasini maydalashning texnologik jarayoni ishlab chiqilgan;
maydalash jarayonini ikki bosqichda amalga oshirish orqali yog‘och-plastik plita materiallar ishlab chiqarish uchun yog‘och tolali to‘ldiruvchilar olingan;
jarayonning samaradorligi va g‘o‘zapoya payrahalarining kondension massadagi yuqori miqdori, g‘o‘za poyalarini uzatish va kesish tezligiga bog‘liqligi aniqlangan;
maydalash samaradorligini ta’minlab beruvchi pichoqli valli rotor tipidagi payrahali stanokning ishchi organi hamda konstruksiyasiga o‘zgartirishlar kiritilib, ikkilamchi maydalash tamoyili nazariy jihatdan asoslangan;
optimal parametrlarga ega bo‘lgan to‘ldiruvchilar olish uchun g‘o‘zapoya payrahasining kerakli bo‘lgan uzunligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
G‘o‘za poyasidan olingan kondension yog‘och tolala to‘ldirgich va ulardan kompozision yog‘och-plastikli plitali materiallar olishning chiqindisiz texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kompozision yog‘och-plastik plitali materiallarni olish texnologiyasi «Fayz» MChJ qo‘shma korxonasining modernizatsiya qilingan texnologik tizimida joriy etilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2021 yil 9 dekabrdagi 05/15-2994-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori fizik-mexanik va ekspluatatsion hususiyatlarga ega bo‘lgan 85000 m2 yog‘och-plastik plitali materiallarni olish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan kompozision yog‘och-plastik plitali materiallarning optimal tarkibi «PROSPELL ALL» MChJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2021 yil 9 dekabrdagi 05/15-2994-son ma’lumotnomasi). Natijada, zichligi 620-728 kg/m3, egilishga mustahkamligi 13,6-18,2 MPa va perpendikulyar uzilishga mustahkamligi 0,5-0,8 MPa bo‘lgan 15 ming metr kvadrat yog‘och-plastik plitali materiallarni olish imkonini bergan;
kompozision yog‘och-plastik plitali materiallar «AZIMUT-MIG» MChJ qurilish tashkilotida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2021 yil 9 dekabrdagi 05/15-2994-son ma’lumotnomasi). Natijada, yog‘ochni 2-3 baravar tejashga hamda korhonaning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish