Qurbonov Oybek Muxammatqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Energiya- va resurstejamkor texnik echimlar ishlab chiqish asosida nasos uskunalarining ekspluatatsion samaradorligini oshirish», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish), 04.00.16 – Konchilik mashinalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T1549.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Azamat, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Aliqulov Shuxrat Sharofovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Rayxanova Galiya Eleubaevna, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nasos uskunalarining ekspluatatsion samaradorligini oshirishda ish tartibini boshqarish va qum hodisalarining asosiy nasos elementlariga salbiy ta’sirini kamaytirish usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eritma so‘rib olinadigan quduqlardagi aralashmada qumlanish hodisasining paydo bo‘lishining quduq va qatlam tog‘ jinslarining maydon deformatsion barqarorligiga bog‘liqlik qonuniyati o‘rnatilgan bo‘lib, u esa defekt bo‘yicha alohida uchastkalarga bo‘linishini va statistik usullar va ehtimollar nazariyasi bilan aniqlanadigan qattiq jismlar mustahkamligi statik nazariyasining eng zaif qismi Veybull tarqalishi qonuniyati bilan aniqlanishi ishlab chiqilgan;
texnologik quduqlar holatini va nasos uskunalarining ish bajarish qobiliyatini baholash mezonlari, hamda nasos agregatining ish rejimi modeli mahsuldor eritmadagi qumning miqdori va uning xususiyatlariga bog‘liq ekanligi aniqlangan;
nasos uskunalarining asosiy elementlariga qumlanishning zararli ta’sirini kamaytirish uchun texnik echim ishlab chiqilgan, shuningdek nasos agregatlarining ekspluatatsiyasi jarayonida energiya sarflarini kamaytirishni ta’minlaydigan, unga qum kirish jarayoninin boshqarish hisobiga nasos agregatining optimal ish rejimi asoslangan;
nasos uskunalarini o‘rnatish va echib olish ishlariga sarflanadigan vaqtni qisqartirishni va muvofiq ravishda mehnat va moddiy xarajatlarni kamaytirish hisobiga resurs tejamkorlikni ta’minlaydigan texnik echim ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Nasos uskunalarini ishlatish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
botirilgan nasos bilan jihozlangan geotexnologik skvajinalarda gazlanish va qumlanishga qarshi usul va qurilmaga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiro patenti olingan (№IAP 06089, 2019 y.). Natijada, qumlanish va gazlanishga qarshi qurilma nasos uskunalarining asosiy elementlarining eskirishini kamaytirish va ularni ta’mirlashdan oldingi ish muddatini, va muvofiq ravishda cho‘kma nasosning foydalanish koeffisienti va ishonchliligini oshirish imkonini bergan;
cho‘kma nasoslarning o‘rnatilgan chuqurligini o‘lchovchi qurilmaga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan foydali modelga patent olingan (№FAP 01574, 2020 y.). Natijada, cho‘kma nasoslarni o‘rnatish chuqurligini o‘lchash uchun qurilmadan foydalanish, nasos qurilmasini o‘rnatish chuqurligini o‘lchashniing aniqligini oshirish va quduq operatsiyalarini bajarishda nasos ishini boshqarish imkonini bergan;
geotexnologik quduqlarda qumlanish va gazlanishga qarshi qurilmasi Navoiy kon-metallurgiya kombinati Janubiy kon boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2021 yil 2 avgustdagi 02-06-07/7723-son ma’lumotnomasi). Natijada, cho‘kma nasos uskunasining eksplutatsion samaradorligini 5-7%ga oshirish imkonini bergan;
cho‘kma nasoslarni o‘rnatish chuqurligini o‘lchash uchun qurilma Navoiy kon-metallurgiya kombinati Janubiy kon boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2021 yil 2 avgustdagi 02-06-07/7723-son ma’lumotnomasi). Natijada, cho‘kma nasos uskunasini o‘rnatish va echib olishdagi tayyorgarlik ishlari uchun vaqt va mehnat sarfini amaldagi usulga qaraganda kamaytirish imkonini bergan.