Sherqulova Nargiza Rustambekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tabiiy ipak tolasining texnologik va struktura xossalarini yaxshilash uchun polimer kompozisiya tarkibini ishlab chiqish va ularni olish texnologiyasi», 02.00.07 -Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2446.
Ilmiy rahbar: Davlatov Rasuljon Mamatqulovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy  va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy ipak tolasini texnologik va struktura xossalarini yaxshilash uchun polimer kompozisiya tarkibini va ularni olish texnologiyasi ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dimetilaminoetilmetakrilatning monoyodsirka kislotasi bilan polito‘rtlamchi ammoniy tuzlari asosida ipak tolalarini modifikatsiya qilish uchun belgilangan, uning mustahkamlik xususiyatlarini oshiruvchi va bo‘yalishini yaxshilashga imkon beruvchi suvda eruvchan polimer kompozisiyasi ishlab chiqilgan;
modifikatsiyalovchi tarkib komponentlarining roli va modifikatsiyalovchining tabiiy ipak bilan o‘zaro ta’sir mexanizmi aniqlangan;
tabiiy ipak tolasining tuzilishi, deformatsiyasi va mustahkamlik xususiyatlari hamda bo‘yash sifatiga modifikatsiyalovchi moddalar tarkibi va tabiatining ta’sirini baholash aniqlangan;
suvda eruvchan polimer kompozisiyasi va uning alohida tarkibiy qismlarining va funksional guruhlarining, shuningdek ipak tolasi fibroinining polimer moddalar bilan o‘zaro ta’siri, ipak tolasining tuzilishi, fizik-mexanik xususiyatlari va texnologik parametrlariga ta’sir darajasi belgilangan;
polito‘rtlamchi ammoniy tuzlari asosida suvda eruvchan polimer kompozisiyasi bilan modifikatsiyalangan ipak tolasi uchun texnologik reglament ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tabiiy ipak tolasini texnologik va struktura xossalarini yaxshilash uchun polimer kompozisiya tarkibini ishlab chiqish va ularni olish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan suvda eruvchan polimer kompozisiyasi «Nurli tong-Silk» AJ va «Karmenta-Yan-Teks» AJda tabiiy ipakni modifikatsiyalash jarayonida joriy etilgan («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2021 yil 19 noyabrdagi 4-2/1814-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy ipakni bo‘yashda ishlatiladigan bo‘yoqlar assortimentini oshirish va bo‘yashni yaxshilash imkonini bergan;
yuqori fizik, mexanik va ekspluatatsion xususiyatlarga ega polimer kompozisiyasi bilan modifikatsiyalangan tabiiy ipak tolalari «Nurli tong-Silk» AJ va «Karmenta-Yan-Teks» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2021 yil 19 noyabrdagi 4-2/1814-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy ipak sifatini yaxshilash va korxonalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish