Uzokov Javlon Rustamboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Xromatografiya uchun nanosorbentlar va ularning fizik-kimyoviy xossalari», 02.00.04 - Fizik kimyo, 02.00.12 - Nanokimyo, nanofizika va nanotexnologiya (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/K338.
Ilmiy rahbar: Muxamadiev Nurali Qurbonalievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.K.02.05 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Eshmamatova Nodira Bahromovna, kimyo fanlari doktori, dotsent; Eshmetov Izzat Do‘simboevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zol`-gel` texnologiyasi yordamida turli rN va temperaturalarda sirt faol moddalarni qo‘llab mezog‘ovak SiO2  hamda SiO2 MeO2 (Me=Zr, Ti;  =0,3÷0,7) nanokompozit sorbentlar olish hamda ularning geometrik, tekstur, sorbsion xarakteristikalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:    
turli temperatura va muhitlarda “Zol`-Gel`” texnologiyasi yordamida sirt faol moddalar qo‘llab TEOS, ZrO(NO3)2 2H2O kristallogidrati va TiCl4 dan g‘ovaklarining o‘rtacha diametri  ,0 nm bo‘lgan mezog‘ovak SiO2 MeO2 ( =0,3÷0,7) nanokompozit sorbentlar olindi hamda ularning tekstur, geometrik va sorbsion xarakteristikalari aniqlangann;
mezog‘ovak sorbentlar olishning maqbul sharoitlari  tanlangan. 30°C va rN=2,0 da olingan sorbentda umumiy g‘ovaklarning 87,15% ni mikrog‘ovaklar, 50°C hamda rN=10,2 da olingan sorbentlarda esa  93,81 % ni mezog‘ovaklar tashkil etishi isbotlangan;
30oS va rN=2,0 da olingan SiO2   0,3ZrO2 tarkibli sor-bentda 6,25 mol`/kg benzol bug‘lari, 5,13 mol`/kg toluol bug‘lari, 3,84 mol`/kg n-geksan bug‘lari hamda 2,61 mol`/kg suv bug‘lari sorbsiyalanishi aniqlangan;
mezog‘ovak sorbentlarda yupqa qavat xromatografiyasi usulida tetragidroizoxinolin hosilalari aralashmalarini, chiqindi suv tarkibidan  organik bo‘yoqlarni ajratish va neft` mahsulotlarining guruh tarkibini YuSSX usulida aniqlash metodikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Xromatografiya uchun nanosorbentlar va ularning fizik-kimyoviy xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“SiO2 asosida olingan mezog‘ovak sorbentning korxona oqova suvlarini sintetik bo‘yoqlardan tozalashda qo‘llash” usuli “ATUSH MIHNAT TEXTILE” MChJ shaklidagi O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy etilgan ( “ATUSH MIHNAT TEXTILE” MChJ shaklidagi O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasining 2021 yil 6 avgustdagi 38-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqova suvni bo‘yoqlardan tozalashda 99,2 % samaradorlikka erishish imkonini bergan;
“SiO2 asosida olingan mezog‘ovak sorbentdan  qoldiq namlikni quritish”usuli “AHMAD ISROIL TEX” MChJ shaklidagi O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy etilgan ( “AHMAD ISROIL TEX” MChJ shaklidagi O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasining 2021 yil 21 avgustdagi 62-son ma’lumotnomasi). Natijada, paypoq mahsulotlarini namlikdan saqlash muddatini ikki barobarga (50-60 %) ga uzaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish