Oblaqulov Husan Abdisayit o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Navoiy viloyati aholisi turmush tarzi va uning ijtimoiy-iqtisodiy geografik xususiyatlari», 11.00.02 - Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Gr100.
Ilmiy rahbar: Komilova Nilufar Qarshiboevna, geografiya fanlari doktori., professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSs.03/30.12.2019.Gr.01.06.
Rasmiy opponentlar: Turdimambetov Izimbet Raxmetovich, geografiya fanlari doktori, Qodirov Rahimjon Boltaboevich, geografiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Navoiy viloyati aholisining turmush tarzidagi tafovutlar va ularga ta’sir etuvchi geografik omillarni aniqlash hamda shu asosda viloyat aholisi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlar aholisining turmush tarzini ifodalaydigan harakat yo‘nalishlari (yashash uchun kerakli mablag‘larni topish, ehtiyojlarni qondirish, kundalik hayot va dam olishni tashkil qilish usullari)ga geografik omillar (tabiiy sharoit va resurslar, texnogen muhit, madaniy qadriyat va an’analar)ning ta’siri nazariy jihatdan asoslangan;
Navoiy viloyati hududi aholi turmush tarzi jihatidan farqlanadigan uchta yirik tabiiy-xo‘jalik (sug‘orma dehqonchilik; tog‘ oldi-tog‘-yaylov chorvachiligi va lalmi dehqonchilik; cho‘l-yaylov chorvachiligi) zonalariga ajratilgan, mazkur zonalarda yashovchi qishloq aholisining yillik va turli fasllar turmush tarzi sikllaridagi hududiy tafovutlar aniqlangan;
viloyatning turli tabiiy-xo‘jalik (sug‘orma dehqonchilik, tog‘ oldi-tog‘-yaylov chorvachiligi va lalmi dehqonchilik, cho‘l-yaylov chorvachiligi) zonalarida aholining tashqi va ichki vaqtinchalik mehnat migratsiyasining tarqalganligi, uning asosiy geografik yo‘nalishlari va aholi turmush tarziga ta’sir darajasi ijtimoiy so‘rovnomalar yordamida aniqlangan;
Navoiy viloyati ma’muriy-hududiy birliklarini aholi turmush sharoiti nuqtai nazaridan reyting baholash mezonlari (uy-joy kommunal va ijtimoiy infratuzilmaga oid 9 ta ko‘rsatkich) va metodikasi (o‘rinlarning o‘rtacha qiymati bo‘yicha pog‘onalash) ishlab chiqilgan hamda tegishli mazmundagi Navoiy viloyatining 1:2 300 000 masshtabli xaritasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Navoiy viloyati aholisi turmush tarzining ijtimoiy-iqtisodiy geografik xususiyatlari va hududiy tafovutlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududlar aholisining turmush tarzini ifodalaydigan harakat yo‘nalishlari (yashash uchun kerakli mablag‘larni topish, ehtiyojlarni qondirish, kundalik hayot va dam olishni tashkil qilish usullari) va ularga ta’sir etuvchi geografik omillar (tabiiy sharoit va resurslar, texnogen muhit, madaniy qadriyat va an’analar)ning mohiyati “Madaniy geografiya” nomli o‘quv qo‘llanmaga singdirilgan (2021 yil 31 may 237-191 raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarning “aholining turmush tarzi” ilmiy kategoriyasining mohiyati va uning geografik jihatlarini samarali o‘zlashtirish imkonini bergan;
Navoiy viloyati hududida ajratilgan aholi turmush tarzi jihatidan farqlanadigan uchta yirik – sug‘orma dehqonchilik, tog‘ oldi-tog‘-yaylov chorvachiligi va lalmi dehqonchilik, cho‘l-yaylov chorvachiligi tabiiy-xo‘jalik zonalarida yashovchi qishloq aholisining yillik va turli fasllar turmush tarzi sikllariga doir materiallardan Navoiy viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi faoliyatida “Obod mahalla” tamoyili asosida mahalla va ko‘chalarni obod va ko‘rkam maskanlarga aylantirish bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 15 iyuldagi 02-02/1799-son ma’lumotnomasi). Natijada, Navoiy viloyati aholisining an’anaviy turmush tarzining o‘ziga xos tomonlarini o‘rganish va hudud moddiy madaniyatini sayyohlar o‘rtasida targ‘ib qilish imkonini bergan;
viloyatning turli tabiiy-xo‘jalik zonalarida aholining tashqi va ichki vaqtinchalik mehnat migratsiyasining tarqalganligi, uning geografik yo‘nalishlari va aholi turmush tarziga ta’sir darajasi bo‘yicha olingan xulosalardan Navoiy viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi faoliyatida, viloyat qishloq joylarida aholi bandligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil  15 iyuldagi 02-02/1799-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy sharoitda ishchi o‘rinlarni ko‘paytirish va qishloq aholisi turmush tarzini yaxshilash imkonini bergan;
Navoiy viloyati ma’muriy-hududiy birliklarini aholi turmush sharoiti nuqtai nazaridan reyting baholash mezonlari va metodikasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1-maydagi “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-4702-son Qarori hamda 2021 yil 2 apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5048-son Farmonida Navoiy viloyati qishloq tumanlari va shaharlari bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 15 iyuldagi 02-02/1799-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyat qishloq tumanlari va shaharlari kesimida ijtimoiy infratuzilmani takomillashtirishning maqsadli parametrlarini mahalliy sharoit va ehtiyojlarga moslashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish