Bobomurodova Munojat Sultonmurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Immobillangan arsenazo III reagenti yordamida qo‘rg‘oshin (II), kadmiy (II), cimob (II) ionlarini sorbsion-fotometrik aniqlash», 02.00.02 – Analitik kimyo, 03.00.10 – Ekologiya (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/K295.
Ilmiy rahbarlar: Smanova Zulayxo Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor; Raximova Latofat Sobirjanovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Po‘latov Xayrulla Lutpullaevich, kimyo fanlari doktori, professor; Yaxshieva Zuxra Ziyatovna, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polimer tashuvchilarga immobillangan arsenazo III yordamida qo‘rg‘oshin (II), kadmiy (II) va simob (II) ionlarini sorbsion-fotometrik aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy xomashyo asosida sintez qilingan PPF-1 va PPA-1 sorbentiga arsenazo III reagenti immobillash mexanizmi va metall ionlari bilan kompleks hosil bo‘lishi reagent tarkibidagi funksional faol guruxlar joylashishiga, metall ionlarining koordinatsion soniga, ion bog‘larning xarakteriga bog‘liqligi isbotlangan;
kompleksning beqarorlik konstantalari hisoblangan va PPF-1 tolali sorbenti uchun  kompleksning barqarorligi Pb> Hg > Cd tartibida, PPA-1 tolali sorbenti uchun esa Hg> Pb > Cd tartibida ortib borishi aniqlangan;
ilk bor yangi sintez qilingan PPF-1 va PPA-1 tolali tashuvchilarga immobillangan Arsenazo III reagenti yordamida qo‘rg‘oshin, kadmiy, simob ionlarini aniqlashga halaqit beruvchi anion va kationlar ta’siri aniqlangan;
simob, kadmiy, qo‘rg‘oshinni ekologik ob’ektlar tarkibidan PPF-1, PPA-1 sorbentlariga immobillangan organik reagentlar yordamida sorbsion-fotometrik aniqlashning yangi usuli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Immobillangan organik reagentlar yordamida qo‘rg‘oshin (II), kadmiy (II), cimob (II) ionlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan sorbsion-fotometrik usul Olmaliq KMK amaliyotiga joriy qilingan (Olmaliq KMK AJning 2021 yil 21 maydagi AA-20/23-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqova suvlar tarkibidan qo‘rg‘oshin ionini sifat va miqdoriy aniqlash imkonini bergan;
ishlab chiqilgan usul O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi «Veterinariya dori vositalari va ozuqabob qo‘shimchalar sifati va muomalasi nazorati bo‘yicha davlat ilmiy markazi» amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 26 martdagi 05/28-121-son ma’lumotnomasi). Natijada, veterinariya dori vositalari tarkibidagi og‘ir va zaharli metall ionlarini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish