Maxmudov Shuxrat Abdushukurovichning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Siyosiy texnologiyalarning global miqyosda rivojlanish tendensiyalari”, 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2021.2.PhD/Ss274.
Ilmiy rahbar: Islamov Ilyos Normamatovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.Ss.23.03.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Anvar Ergashevich, tarix fanlari doktori, professor; Jo‘raev Qodir Asadovich, siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi global siyosiy texnologiyalarning shakllanishi va rivojlanishini tahlil qilish, milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan baholash hamda ulardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
global siyosiy texnologiyalarning qo‘llash natijasida yuzaga keladigan tahdidlarning o‘ziga xos jihatlari o‘rganilib, ularni oldini olish bo‘yicha siyosiy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish zarurati asoslangan;
O‘zbekistonning imijini mustahkamlashda global siyosiy texnologiyalardan samarali foydalanish orqali mamlakatimiz yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirishga erishishning ijtimoiy, madaniy yo‘nalishlarining ustuvorligi asoslangan;
shaxsni siyosiy ijtimoiylashtirish va siyosiy xayrixohligini oshirish orqali global siyosiy texnologiyalarning salbiy ta’sirini minimallashtirish asosida ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash asoslangan;
global siyosiy texnologiyalarning rivojlanib borish tendensiyalarini milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan monitoringini amalga oshirishning konseptual modeli sub’ektlarning o‘zaro hamkorligi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Globallashuv jarayonlarida qo‘llanilayotgan siyosiy texnologiyalarning o‘ziga xos jihatlarini tadqiq qilish natijalari asosida:
ijtimoiy tarmoqlarda mavjud buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini takomillashtirish, global siyosiy texnologiyalardan foydalanib, mamlakatimiz imijini mustahkamlash va xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’ekti sifatidagi rolini oshirish hamda madaniy boyliklarini targ‘ib qilish va turizm salohiyatini rivojlantirish kabi ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 12 martdagi 02/07-244-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish mazmuni takomillashtirilgan.
«Jaholatga qarshi – ma’rifat» g‘oyasi asosida terrorizm va ekstremizmning zamonaviy ko‘rinishlari va faoliyat usullarini o‘rganish, ularga qarshi kurashning ilmiy-ma’rifiy asoslarini ishlab chiqish hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishda tadqiqot materiallari va ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Imom Buxoriy xalqaro markazi faoliyatida foydalanilgan (Imom Buxoriy xalqaro markazining 2021 yil 1 iyundagi 02/185-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyadagi nazariy xulosalar markazda amalga oshirilgan tadqiqotlar uchun manba vazifasini o‘tagan va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar mazmunini boyitishga xizmat qilgan.
Globallashuv jarayonlarida qo‘llanilayotgan siyosiy texnologiyalar bo‘yicha bilimlar va siyosiy texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga keng tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi madaniy meros departamentining 2021 yil 8 iyuldagi 01-05/1235-son ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy va madaniy qadriyatlarni dunyo hamjamiyatiga tanishtirishda qo‘llanilayotgan texnologiyalarni takomillashtirishga xizmat qilgan.