Xoshimov Xalimjon Xamidjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Arrali jin kolosniklari resursini oshiradigan payvandlab qoplash materiallarini asoslash” 05.02.03- “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.Phd/T52
Ilmiy rahbar: Qosimov Karimjon Zuxriddinovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Ergashev Jamoliddin Samatovich, texnika fanlari doktori, professor; Madraximov Dilshodbek Usupjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)., katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Arrali jin kolosniklarini eyilgan ishchi yuzalariga eyilishga chidamli materiallarni payvandlab-qoplab resursini oshirish va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arrali jin kolosniklarining resursini ishchi yuzasiga payvandlab qoplangan qatlam qattiqligi, kolosnikka ta’sir etadigan bosim kuchi, ishqalanish tezligi kabi parametrlarga bog‘liq holda o‘zgarishi nazariy asoslangan.
kolosniklarning ish resursini yangisiga nisbatan 2,4 marta yuqori bo‘lishini ta’minlaydigan tarkibga ega bo‘lgan payvandlash materialining strukturasi, qattiqligi va eyilishga chidamliligi asoslangan;
eksperimental tadqiqotlar asosida kolosniklarni unga ta’sir etadigan bosim kuchi, materialining qattiqligi va arraning aylanish tezligiga bog‘liq ravishda eyilish qonuniyatlari o‘rganilgan hamda ularni ifodalovchi empirik bog‘lanishlar va regressiya tenglamalari olingan;
payvandlab qoplangan arrali jin mashinasi kolosniklarini jilvirlash qurilmasining konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Arrali jin kolosnigining resursini oshiradigan payvandlab qoplash materiallarini asoslash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida:
ishchi yuzasiga T 590 markadagi qoplamali elektrodlar payvandlab qoplangan kolosniklar “O‘zbekiston paxta to‘qimachilik klasterlari” uyushmasiga qarashli Andijon viloyatining “Xo‘jaobod Fayz-M” MChJ klaster korxonasida uzluksiz texnologik jarayonga joriy etilgan. («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2021 yil 21 oktyabrdagi 03/12-253-son ma’lumotnomasi). Natijada jinlangan chigit tukdorligi 0,4% ga hamda mexanik shikastlanish 0,5% ga pasayishiga, payvandlab qoplangan kolosniklarning eyilishi 0,13 mm ga kamayishiga, ish resursini 2,4 marta ortishiga erishilgan;
konstruksiyalari ishlab chiqilgan payvandlab qoplangan kolosniklarni jilvirlash hamda payvandlab qoplangan kolosniklarni eyilishga sinash qurilmalari “O‘zbekiston paxta to‘qimachilik klasterlari” uyushmasiga qarashli Andijon viloyatining “Xo‘jaobod Fayz-M” MChJ klaster korxonasida kolosniklarni payvandlab qoplash texnologik jarayoniga joriy etilgan. («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2021 yil 21 oktyabrdagi 03/12-253-son ma’lumotnomasi). Natijada laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitida payvandlab qoplangan kolosniklarni jilvirlash hamda bir vaqtning o‘zida to‘rttadan kolosnik va arradan iborat ishqalanish juftini bir-biriga ma’lum kuch ta’sirida eyilishga sinash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish