To‘laganov Baxrom Abdukabilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Osenka seysmicheskoy uyazvimosti i povrejdaemosti zdaniy s ispol`zovaniem metodicheskix podxodov evropeyskoy makroseysmicheskoy shkali», 05.09.01- “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1363.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Saidaglam Agloevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Tashkent arxitektura-qurilish instituti».
Toshkent arxitektura-qurilish instituti. DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Askarov Baxtier Askarovich hamda texnika bo‘yicha doktori, dotsent Ibragimov Baxrom Toshmuratovich.
Yetakchi tashkilot: “O’ZOG’IRSANOATLOYIHA” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi binolarning seysmik zaifligi va shikastlanish darajasini baholash usullarini rivojlantirish va takomillashtirish, va EMS-98 uslubiy yondashuvlaridan foydalangan holda milliy makroseysmik shkalani yangilash, shuningdek, seysmik xavflarni boshqarish va ehtimoliy zilzilalar zararini yumshatishning tashkiliy-uslubiy yondashuvlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
EMS-98 uslubiy yondashuvlardan foydalanib Qamashi zilzilasidan zarar ko‘rgan turli konstruktiv tizimlar va materiallaridan iborat binolarning konstruksiya elementlarining shikastlanish darajasi va seysmik zaifligi baholangan;
binolarni kuchaytirish va tiklashda loyihalash jarayonida qabul qilingan antiseysmik chora-tadbirlarning texnik echimlari seysmik bardoshligining haddan tashqari oshirilgan iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan darajalari bilan tavsiflanishi asoslangan, bu esa sement va po‘latning ortiqcha sarflanishiga olib kelgan;
seysmik yuklamaning turli darajalarida binolarning konstruksiyalari va uzellari ishini baholash, ularning eng zaif qismlarinining uch o‘lchovli spektral rang tasvirini taqdim etish imkonini beruvchi BLM dasturidan foydalangan holda, konstruksiyalarni seysmik kuchaytirishning texnik echimlari optimallashtirilgan;
binolar va inshootlarning zaiflik sinflari va shikastlanish darajasini aniqlash uchun EMS-98 uslubiy yondashuvlaridan foydalangan holda milliy makroseysmik shkalani yangilash va rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqdi;
yuz berishi mumkin bo‘lgan zilzila vaqtidagi binolarda ro‘y beradigan shikastlanish darajasi va ularning zaiflik sinflari konstruktiv turlarini xisobga olgan xolda mavjud imoratlarning xaritalari tuzildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Evropa makroseysmik shkalasining uslubiy yondashuvlaridan foydalangan holda binolarning seysmik zaifligi va shikastlanganligini baholashda olingan ilmiy natijalarga asosan:
milliy makroseysmik shkalani xalqaro miqyosga muvofiqlashtirish va yangilash bo‘yicha takliflar va uni 6-10 balldan 12 ballga o‘tkazish, shuningdek, EMS-98 bo‘yicha seysmik zaiflik sinflari, bino va inshootlarning shikastlanish darajasini belgilashning uslubiy yondashuvlaridan foydalangan holda uni takomillashtirish va rivojlantirish qoidalari «ToshuyjoyLITI» AJ tomonidan qabul qilingan («ToshuyjoyLITI» AJning 2021 yil 29-noyabrdagi NN/01-843-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2021 yil 6 dekabrdagi 03-06/13834-son ma’lumotnomasi). Natijada zilzila oqibatini operativ va ishonchli baholash imkoniyati yaratilgan.
devorlari pishtirilgan loydan (paxsa), xom g‘ishtdan, sinchsiz "guvala" tipidagi xom quritilgan loydan qurilgan bir qavatli binolarga qo‘yiladigan talablardan (5.19 va 5.20-bandlar); g‘ishtli binolarning shikastlanish darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan (7.1.16-band va 7.2-jadval "G‘ishtli binolarning parametrlari va shikastlanish darajasi"); mustahkamligi past mahalliy materiallardan (antiseysmik chora-tadbirlarsiz) qurilgan turar-joy binolari, “guvala” va “paxsa” tipidagi bir qavatli sinchsiz loy devorlari, 1-2 qavatli yog‘ochli orayopmali sinchsiz g‘isht devorlari, shuningdek, yig‘ma temir-beton orayopmali binolar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan ("Binolarning konstruktiv turlarini zilzilalar paytida zaiflik va shikastlanish darajasiga ko‘ra klassifikatsiyasi" ilovasi), antiseysmik chora-tadbirlarni optimallashtirish natijalaridan "ToshuyjoyLITI" OAJ tomonidan ShNK 2.01.22-21 "Mavjud qurilish binolari va inshootlarini antiseysmik kuchaytirish va tiklash" loyihasini tayyorlashda foydalanilgan («ToshuyjoyLITI» AJning 2021 yil 29-noyabrdagi NN/01-843-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2021 yil 6 dekabrdagi 03-06/13834-son ma’lumotnomasi). Natijada binolarning seysmik xavfsizligini iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq darajasini ta’minlash va sementni 15% gacha, po‘latni esa 9-12% tejash imkoniyati yaratilgan;
tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining o‘quv jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining 2021 yil 4 dekabrdagi 36-son/3-2549-son dalolatnomasi);
GIS platformasida seysmik riskni boshqarish va ehtimoliy zilzilalar natijasida etkazilgan zararni kamaytirish bo‘yicha tashkiliy-uslubiy sxema o‘z faoliyatida foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2021 yil 10 oktabrdagi 2/4/32-3036-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy hokimiyat organlari va qutqaruv xizmatlarining zilzilalar oqibatlarini operativ bartaraf etishga tayyorligini ta’minlash imkoniyati yaratilgan.