Raximov Alisher Yusupjonovichning
texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Cifatli xom ipak ishlab chiqarishning takomillashtirilgan texnologiyasi asoslari” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2020.4.DSc/T400
Ilmiy rahbar: Alimova Xalima Alimovna, texnika fanlari doktori., professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Oxunbabaev Oxunjon Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor; Valiev Gulam Nabidjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Jaxongir Adxamovich, texnika fanlari doktori., dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pillalarni etishtirish, unga dastlabki ishlov berish, saqlash, ipakning uzviy va kompleks texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta sun’iy dastalarda plyonka ostida BFM bilan to‘yintirilgan tut barglari berib boqilgan ipak qurtlaridan olingan  pillalarning har bir kg dan  havozaga sarflanadigan ipak tolasining vazni deyarli ikki barobar kam bo‘lishiga (33 34 gramm o‘rniga 17 gramm) erishilgan;
xom ipakni kichik charxlardan katta charxlarga qayta o‘rash jarayonida uzilishlar sonini kamaytirish, dastgohning ish unumdorligini orttirish, ishlab chiqariladigan xom ipakni sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash  maqsadida vakuumli universal namlash apparati yaratildi;
O‘zbekiston 5, O‘zbekiston 6 va Xitoydan keltirilgan mahalliy sharoitda yangi usulda parvarishlangan ipak qurti urug‘iga V-yoshida bahorgi mavsumda 5,0 % li va kuzgi mavsumda 1,5 % li konsentratsiyadagi BFM bilan to‘yintirilgan tut barglari berilganda qurtning hayotchanligi 15 % gacha ortishi, pilla etishtirishni 2 3 kunga qisqarishi, qobig‘ning ipakchanligi 1,5 2,8 % ga ko‘paytirishga erishilgan;
pillaning pishib etilganlik darajasini pilla sifatiga, uzliksiz chuvilish uzunligiga va chuvilish koeffisientiga bog‘liqligi nazariy va amaliy tajriba natijalarini tahlil etish orqali aniqlangan;
ho‘l va quruq pillani tayyorlash, tashish, saqlash, DIB texnologik jarayonlarida pilla va qobiqning texnologik xususiyatlariga salbiy ta’sir qiluvchi tashqi mexanik kuchlar, atrof muhit, mikroiqlim sharoitlarining ta’siri aniqlangan va unga ta’sir etuvchi mexanik kuchlarni hisobga olib matematik modeli olingan;
ho‘l pillaga dastlabki ishlov bermasdan saqlash va chuvish texnologik parametrlari ishlab chiqilgan hamda xom ipakni namlash, qayta o‘rash texnologik jarayonlari takomillashtirilgan.    
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pillalarni etishtirish, unga dastlabki ishlov berish, saqlash, ipakning uzviy kompleks texnologiyasini takomillashtirish parametrlari va ish rejimlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mikroiqlim sharoitida BFM qo‘llab sun’iy dastalarda etishtirilgan pillalarga DIB dan oldin SFM lar bilan modifikatsiya qilinib, pillani saqlash va xom ipak ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini takomillashgan usuli Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi “Jalaquduq Qayrag‘och” fermer xo‘jaligida, Jalaquduq bosh pillaxonasida va “Harir tola” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekipaksanoat uyushmasining 2021 yil 13oktyabrdagi 4-2/1652 - son ma’lumotnomasi). Natijada 382,62 kg pilla etishtirildi va Jalaquduq bosh pillaxonasida bu pillalarga dastlabki ishlov berildi hamda “Harir tola” mas’uliyati cheklangan jamiyatida chuvilib 50 kg xom ipak ishlab chiqarildi;
yangi usulda pillani saqlash va xom ipakni ishlab chiqarishga joriy etish orqali olingan iqtisodiy samaradorlik: 4,2 quti ipak qurtidan ho‘l pilla etishtirish hisobiga 1856290,97 so‘m, pillani quritish vaqti va kunini qisqarishi hisobiga 4803240 so‘m va 50 kg xom ipak ishlab chiqarishdan 2400000 so‘m foyda olish erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish