Bahrieva Xurshida Askarxodjaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Issiqlik energetikasi ob’ektlari bug‘ qizdirgichlarini noravshan-mantiqiy boshqarish algoritmlari», 05.01.02 – «Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T702.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Siddikov Isomiddin Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Kabulov Anvar Vasilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Arifjanov Abdulla Shamxatovich, t.f.n., katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi neyro-noravshan texnologiyalari usullari asosida bug‘ qizdirgichning boshqarish tizimini samaradorligini oshirish imkonini beruvchi boshqarish algoritmlarini ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bug‘ qizdirgichning dinamik xossalarini, tizimli bog‘lanishlarini va ishlash qonuniyatlari asosida issiqlik almashinuvi jarayonining axborot-konseptual modeli yaratilgan;
avtomatik va intellektual boshqarish usullarini birgalikda qo‘llash asosida dinamik ob’ektlarning noravshan-mantiqiy boshqarish modellarini yaratish algoritmi ishlab chiqilgan;
ma’lumotlar noaniqligi sharoitida texnologik cheklovlarni hisobga olgan holda, bug‘ qizdirgichning texnologik parametrlarini boshqarish va barqarorlashtirish algoritmlari ishlab chiqilgan;
interaktiv adaptatsiya va yuzalar farqi usullari asosida noravshan-mantiqiy adaptiv boshqarish tizimini sintezlash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan natijalar asosida:
ma’lumotlar noaniqligi sharoitida texnologik cheklovlarni hisobga olgan holda, bug‘ qizdirgichning texnologik parametrlarini boshqarish va barqarorlashtirish algoritmlari asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua «Toshkent issiqlik energetikasi stansiyasi» AJda joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunkatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2021 yil 5 oktyabrdagi 33-8/6990-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasida bug‘ qizdirgichning texnologik parametrlarini boshqarishni optimallashtiruvchi noravshan-mantiqiy rostlagich dasturi va noravshan adaptiv rostlagich koeffisienti yordamida energo zaxiralarni minimallashtirish va boshqarishning aniqligini o‘rtacha 13% ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish