Eshonqulov Muxtorxon Azizullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘za:g‘alla navbatlab ekish tizimida begona o‘tlarga qarshi kimyoviy kurash choralarini ishlab chiqish (Sirdaryo viloyati misolida)”, 06.01.01 - Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1. PhD/Qx690.
Ilmiy rahbar: Xasanova Feryuza Marifovna, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Tillyaev Rixsivoy Shamaxamadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Tungushova Dilbar Abdukayumovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklarni himoya kilish ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sirdaryo viloyatining ishchi kuchi etishmaydigan, sho‘rlanishga moyil och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘za:g‘alla navbatlab ekish tizimida g‘o‘za maydonlarida uchraydigan begona o‘tlarga qarshi gerbisidlarning maqbul muddat hamda me’yorlarda qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Sirdaryo viloyatining ishchi kuchi etishmaydigan, sho‘rlanishga moyil och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘za:g‘alla navbatlab ekish tizimida g‘o‘za maydonlarida uchraydigan begona o‘tlarga qarshi maqbul muddat hamda me’yorlarda gerbisidlarni qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
g‘o‘za parvarishlangan maydonlarda uchraydigan bir va ko‘p yillik begona o‘tlar turlari, soni aniqlanib, ularni tuproqning xaydov qatlamidagi urug‘lari soni 1 m2 da 1569,6 dona ekanligi va sug‘orish suvlari orqali urug‘lar 1 soatda 569 dona kirib kelishi aniqlangan;
bir va ko‘p yillik ikki pallali begona o‘tlarga qarshi chigit ekish bilan birga Gaytan e.k. gerbisidini 2,0 l/ga me’yorida qo‘llash orqali begona o‘tlarni 85-95% gacha  kamaytirishga erishilgan;
chigit ekishbilan birgaGaytan e.k. gerbisidini 2,0 l/ga me’yorida va shonalashda Zellek super 104 g/l e.k. 1,0 l/ga  qo‘llanilganda bir va ko‘p yillik bir pallali begona o‘tlar 89,5-100 %gacha kamaygani aniqlangan;
chigit ekish bilan birga Gaytan e.k. gerbisidini 2,0 l/ga me’yorida ko‘llab, shonalashda Miura 125 g/l e.k. gerbisidining 1,5 l/ga qo‘llanganda bir va ko‘p yillik bir pallali begona o‘tlar soni 90,5-100 % gacha kamaygan;
 bir va ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi chigit bilan birgava shonalash davrida gerbisidlarni qo‘llash natijasida g‘o‘zani o‘sishi, rivojlanishi yaxshilanib, hosildorlik gektariga 3,9-6,9 sentnerga ortgan holda, tolaning texnologik sifat ko‘rsatkichlari hamda chigit moydorligiga salbiy ta’sir etmaganligi aniqlangan;
g‘o‘za amal davri oxirida Zellek super gerbisidini 2,5 l/ga me’yorida qo‘llanilganda 100 %gacha begona o‘tlarni kamayishi hisobiga keyingi ekilgan kuzgi bug‘doy maydonida bir va ko‘p yillik begona o‘tlar 70 %gacha kamayib, qo‘shimcha 3,3 s/ga hosil olingan;
g‘o‘za:g‘alla navbatlab ekish tizimida bir va ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi kurash choralarining iqtisodiy samaradorligi aniqlangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘za:g‘alla navbatlab ekish tizimida begona o‘tlarga qarshi kimyoviy kurash choralarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
paxta to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari uchun «G‘o‘za etishtiriladigan maydonlarda begona o‘tlarga qarshi agrotexnik va kimyoviy kurash choralari» va «Sirdaryo viloyatining sho‘rlanishga moyil tuproqlari sharoitida begona o‘tlarga qarshi agrotexnik va kimyoviy  kurash choralarini takomillashtirish» tavsiyanomalari tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 10 dekabrdagi 02/020-5032-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanomalar paxta to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari ekin maydonlarida begona o‘tlarga qarshi kurashishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
g‘o‘za:g‘alla navbatlab ekish tizimida chigit ekish bilan birga Gaytan e.k. va Stomp 33% e.k gerbisidlarini 2,0 l/ga me’yorida qo‘llash texnologiyasi Sirdaryo tumani«Malik bobo», «Xasan Chiltonov», «Munojati Sano», «Ustuvor Odim», «Yaksart Mustang»fermer xo‘jaliklarida 63 gektar, Sayxunobod tumanining «Poly Tex Sirdaryo» MChJ agroklasterida 140 gektar, jami 203 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 10 dekabrdagi 02/020-5032-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaligida parvarishlangan g‘o‘za maydonlarida bir va ko‘p yillik begona o‘tlar soni 70,6% gacha kam unib chiqib, g‘o‘za nihollari o‘sib, rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilgan. Shu bilan birga qo‘l kuchi mehnati (1 ta qo‘l chopig‘i) tejalgan. Begona o‘tlar soni kamligi tufayli g‘o‘za hosildorligi gerbisid sepilmagan maydonga nisbatan o‘rtacha 2-3 s/ga yuqori bo‘lib, rentabellik darajasi 6,9%ga ortgan;
chigit ekish bilan birga Gaytan e.k. 2,0 l/ga va shonalash davrida Zellek super 104 g/l e.k. 1,0 l/ga me’yorlarida qo‘llash bo‘yicha ishlanma Guliston tumani«Orom nur samo», «Nurli zamin tuhfasi», «Kumush tola LBK», «Ulkan xirmon fayzi», «Megamaks Xamkor», «Oltin O‘rda», «Chotqol tog‘ chashmasi» fermer xo‘jaliklarida 117 gektar, Boyovut tumani «Ezgu niyat samarasi», «Kelajak sari parvoz» fermer xo‘jaliklarida 41 gektar jami 158 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 10 dekabrdagi 02/020-5032-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida chigit ekish bilan birga va g‘o‘za shonalash davrida bir va ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi gerbisid qo‘llash orqali begona o‘tlar soni 69,8-81,4 %gacha kamaygan. Gerbisid qo‘llanilmagan maydonlarga nisbatan qo‘l kuchi mehnati 40-50 %ga qisqargan, g‘o‘za hosildorligi 3-4 sentnerga ortgan hamda gektaridan 250-300 ming so‘mgacha sof daromad olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish