Musaev Mansur Samandarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Arpaning Qizilqo‘rg‘on navi hosildorligiga urug‘lari fraksiyalari va oziqlantirishning ta’siri”, 06.01.08 - O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Qx.352.
Ilmiy rahbar: Irnazarov Ismatulla, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Atabaeva Xalima Nazarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori professor; Abduraxmanov Sodiqjon Obidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatining boshoqli don ekinlari etishtirish uchun noqulay bo‘lgan  cho‘l hududlarining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida arpa hosildorligiga navdor urug‘lari fraksiyalari va oziqlantirishning ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qashqadaryo viloyatining tuproq-iqlim sharoitlari noqulay bo‘lgan cho‘l mintaqalarining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida arpaning Qizilqo‘rg‘on navi urug‘liklari fraksiyalarining o‘simliklarni o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri aniqlangan;
arpaning yirik fraksiyali donlari salmog‘ini oshirishda oziqlantirish rejimi N210P105K70  kg/ga maqbul ekanligi aniqlangan;
och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida urug‘lik fraksiyalari ko‘rsatkichlari 1,7, 2,0, 2,5 mm va oziqlantirishning N210P105K70 kg/ga tartibining arpani o‘sishi, rivojlanishi, barg sathi, organik moddalar to‘plashi hamda hosil elementlarining biometrik ko‘rsatkichlarining shakllanish tendensiyasi bo‘yicha ijobiy ta’siri aniqlangan;
arpaning har xil fraksiyali navdor urug‘lari va maqbul oziqlantirishning morfofiziologik, fizikaviy, kimyoviy-texnologik ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan;
sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida arpaning Qizilqo‘rg‘on navining har xil fraksiyalari 1,7, 2,0, 2,5 mm va oziqlantirishning N180P90K60,  N210P105K70 kg/ga don hosildorligiga hamda uning don sifat ko‘rsatkichlari kompleksiga ijobiy ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qashqadaryo viloyati och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida arpaning Qizilqo‘rg‘on navi yirik fraksiyali urug‘lari va oziqlantirishning maqbullashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
“O‘zbekistonning janubiy mintaqalari sug‘oriladigan erlarida arpani bahorda ekib, etishtirish agrotexnologiyasi” tavsiyalari tasdiklangan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 03 martdagi №02/021-903-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida fermer xo‘jaliklari uchun arpaning Qizilqo‘rg‘on navidan yuqori hosil etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
arpaning Qizilqo‘rg‘on navidan mo‘l hosil etishtirishda yirik fraksiyasi 2,5 mm va oziqlantirishning N210P105K70 kg/ga me’yori Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida 10,0 gektarga, Kasbi tumanida 9,5 gektarga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 03 martdagi №02/021-903-son ma’lumotnomasi). Natijada arpaning ushbu navidan 5,2-6,0 s/ga qo‘shimcha hosil olishga erishilgan;
Qizilqo‘rg‘on navining yirik fraksiyasi 2,5 mm va oziqlantirishning N210P105K70 kg/ga me’yorda qo‘llash Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida 11 gektarga, Yakkabog‘ tumanidagi 10,6 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 03 martdagi №02/021-903-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida arpadan 5,5-6,1 s/ga qo‘shimcha hosil olinib, ishlab chiqarish sharoitida rentabellik darajasi 24,2-37,9% ni tashkil etgan.    

Yangiliklarga obuna bo‘lish