Matkarimov Rashid Masharipovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori malakali og‘ir atletikachilarni ko‘p yillik tayyorlashning ilmiy nazariy asoslari”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3. DSc/Ped161.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12. 2019.Ped 28.01.
Ilmiy maslahatchi: Kerimov Fikrat Azizovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Usmonxodjaev Tal’at Saidovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Koshbaxtiev Il`dar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Korobeynikov Georgiy Valer`evich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi og‘ir atletikachilarning ko‘p yillik sport tayyorgarlik tizimida sport mahoratini shakllantirishning turli bosqichlarida qo‘llaniladigan yuklama xajmi, shiddati, vositalari, metodlari va usullarini tanlash hamda optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p yillik sport tayyorgarlik tizimida og‘ir atletikachilarni saralashning antropometrik ko‘rsatkichlari, jismoniy sifatlarini rivojlantirish darajasidan kelib chiqib tananing harakat tezligi hamda gavda mushaklarning statik muvozanatini yosh ko‘rsatkichlariga nisbatan texnik elementlarni tanlab reaksiya qilish sezgirligini aniqlash hisobiga dastlabki saralash imkoniyatlari kengaytirilgan;
og‘ir atletikachilarning kuch qobiliyatlarini rivojlantirish uchun dam olish oraliqlarini rejalashtirishda organizmning to‘liq tiklanish imkoniyatidan kelib chiqib ko‘p kuch sarf qilinadigan mashqlarni dinamik va statik faoliyatda mashg‘ulotga kiritish hisobiga maxsus harakat sifatlarini zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarini shakllantirish imkoniyati kengaytirilgan;
og‘ir atletikachilarni musobaqa sharoitida shtangani ko‘tarishda har bir yondoshuv imkoniyatlarini namoyon qilish uchun kuch qobiliyatiga nisbatan texnik tayyorgarligini oshirishda musobaqa mashqlarini assemitrik tartibda (kuch sifati yuqori sportchiga texnik mashg‘ulot, texnik imkoniyati yuqori sportchiga kuch mashqlarini) qo‘llash hisobiga sport ko‘rsatkichlarini oshirish imkoniyati takomillashtirilgan;
ko‘p yillik sport tayyorgarlik tizimining har bir bosqichlarida musobaqa sharoiti bo‘yicha organizmning zaxira imkoniyatlari ta’sirchanligidan kelib chiqib sport natijalarini o‘sishiga ta’sir qiluvchi shiddat zonalaridagi og‘irliklar o‘zgaruvchanligini reglamentlashtirish (musobaqaga yaqin asosan 4-5 shiddat zonasiga o‘tkazish) hisobiga musobaqa shiddatini mashg‘ulot yuklamasining hajm nisbati bo‘yicha yangicha qo‘llash uslubiyati ishlab chiqilgan;
og‘ir atletikachilarning tayyorgarlik tizimini o‘tish davrida jismoniy tayyorgarlik darajasini inobatga olib toliqish omillarini bartaraf etish uchun shiddatli yuklamalar qo‘llanilishi natijasida charchoq alomatlarini ortishidan kelib chiqib individual yondoshuv orqali ish qobiliyatini saqlab qolishga qaratilgan mashqlar majmuasini (yozuvchi va bukuvchi mushaklar uchun streching mashg‘ulotlarini) ishlab chiqish hisobiga organizmni katta yuklamalarga moslashtirish imkoniyati takomillashtirilgan;
og‘ir atletikachilarning ko‘p yillik sport tayyorgarlik tizimida nazariy va ilmiy-uslubiy asos sifatida sport mahorati shakllanishining turli bosqichlarida ustuvor yo‘nalishlarni belgilash uchun guruhdan guruhga o‘tish, saralash, sport mahoratini oshirish va erishilgan natijalarni saqlab qolishdagi strategik yondoshuvni takomillashtiruvchi vositalar va metodlarni tanlash asosida musobaqa sharoiti bo‘yicha mashg‘ulot yuklama parametrlari variativligini ratsionallashtirish hisobiga og‘ir atletikachilarning ko‘p yillik tayyorgarlik tizimining o‘zbek modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori malakali og‘ir atletikachilarning ko‘p yillik tayyorlashning ilmiy nazariy asoslari bo‘yicha pedagogik tajribalar davomida olingan natijalar asosida:
ko‘p yillik sport tayyorgarlik tizimida og‘ir atletikachilarni dastlabki saralash bo‘yicha takliflar “Og‘ir atletika nazariyasi va uslubiyati” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2017 yil 28 iyuldagi 434-son buyrug‘iga asosan 434-284 raqamli guvohnoma). Natijada og‘ir atletika bo‘yicha saralash va tanlab yo‘naltirish imkoniyati 16-18% ga yaxshilangan;
“O‘zbekiston og‘ir atletika milliy terma jamoasi” og‘ir atletikachilarning kuch qobiliyatlarini rivojlantirish uchun dam olish oraliqlarini rejalashtirishda organizmning to‘liq tiklanish imkoniyatidan kelib chiqib ko‘p kuch sarf qilinadigan mashqlarni dinamik va statik faoliyatda izotonik va yon beruvchi tartibda mashg‘ulotlarga kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston og‘ir atletika milliy terma jamoasi mashg‘ulot va musobaqa jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2021 yil 17 dekabrdagi 04-21/12014-son ma’lumotnomasi). Natijada og‘ir atletika mashg‘ulotlarida kuch qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyati 17% yaxshilangan;
og‘ir atletikachilarni musobaqa sharoitida shtangani ko‘tarishda har bir yondoshuv imkoniyatlarini namoyon qilish uchun kuch qobiliyatiga nisbatan texnik tayyorgarligini oshirishda musobaqa mashqlarini assemitrik tartibda qo‘llash bo‘yicha takliflar Toshkent shahri Respublika olimpiya zaxiralari kolleji og‘ir atletika bo‘limining o‘quv jarayoniga joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2021 yil 17 dekabrdagi 04-21/12014-son ma’lumotnomasi). Natijada dast ko‘tarish guruhi og‘ir atletikachilarining siltab ko‘tarishdagi sport natijalarini 21.6%ga, siltab ko‘tarish guruhi og‘ir atletikachilarning dast ko‘tarishdagi natijalarini 22.4% ga oshirish imkonini bergan;
ko‘p yillik sport tayyorgarlik tizimining har bir bosqichlarida musobaqa sharoiti bo‘yicha organizmning zaxira imkoniyatlari ta’sirchanlidan kelib chiqib musobaqa shiddatini mashg‘ulot yuklamasining hajm nisbati bo‘yicha yangicha qo‘llash uslubiyati bo‘yicha takliflar O‘zbekiston og‘ir atletika milliy terma jamoalari tayyorlash uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2021 yil 17 dekabrdagi 04-21/12014-son ma’lumotnomasi). Natijada model` tavsiflar ko‘p yillik sport tayyorgarligining turli bosqichlarida natijador va istiqbolli og‘ir atletikachilarni samarali tayyorlash imkoniyati 20% oshirilgan;
og‘ir atletikachilarning tayyorgarlik tizimini o‘tish davrida jismoniy tayyorgarlik darajasini inobatga olib toliqish omillarini bartaraf etish uchun individual yondoshuv orqali ish qobiliyatini saqlab qolishga qaratilgan mashqlar majmuasini qo‘llash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston og‘ir atletika milliy terma jamoalarini tayyorgarlik jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2021 yil 17 dekabrdagi 04-21/12014-son ma’lumotnomasi). Natijada og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Akbar Jo‘raev 109 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida dast ko‘tarishda 193 kg, siltab ko‘tarishda 237 kg va ikkikurash yig‘indisi bo‘yicha 430 kg natija ko‘rsatib “Tokio-2020” XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan;
og‘ir atletikachilarning ko‘p yillik sport tayyorgarlik tizimida nazariy va ilmiy-uslubiy asos sifatida sport mahorati shakllanishining turli bosqichlarida ustuvor yo‘nalishlarni belgilash uchun guruhdan guruhga o‘tish, saralash, sport mahoratini oshirish va erishilgan natijalarni saqlab qolishdagi strategik yondoshuvni takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Og‘ir atletika nazariyasi va uslubiyati” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2017 yil 28 iyuldagi 434-son buyrug‘iga asosan 434-284 raqamli guvohnoma). Natijada taklif etilayotgan o‘zbek modeli asosida malakali og‘ir atletikachilarning sport tayyorgarligi darajasini aniqlash hamda istiqbollarini belgilash imkoniyati 27.6% ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish